Sitemap
Zoom0%

Universitetda “Ustoz-shogird” tizimi yanada takomillashtiriladi

29.01.2024 / 19:01
538

Universitetda “Ustoz-shogird” tizimi yanada takomillashtiriladi

Universitetda “Ustoz-shogird” tizimi yanada takomillashtiriladi

Geologiya fanlari universiteti rektori Maqsud Isoqov boshchiligida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash, ularning kelgusida tanlagan kasblarini yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlarida “Ustoz-shogird” an’analarini yanada takomillashtirish zarurligi haqida so‘z bordi.

˗ Universitetimiz vaqt nuqtai nazaridan ancha yosh bo‘lishiga qaramasdan, bugungi kunda ikki mingga yaqin talabalarga tahsil bermoqdamiz. O‘quv yili yakunida esa ilk bitiruvchilarimizni sanoat, ishlab chiqari korxonalariga kuzatamiz. Ana shunda talabalarimizga qanchalik ilm o‘rgatganimiz, ularni kasbga qanchalik tayyorlaganimiz ko‘rinadi, o‘shanda korxonalar tomonidan bizga munosib baho beriladi.

Ko‘p yillik tajribaga ega ustoz professor-o‘qituvchilarimiz, fan doktorlarimiz, ilmiy-tadqiqot institutlardan jalb etilgan malakali mutaxassislarimiz bor, ularning malakalaridan, tajribalaridan unumli foydalanishimiz kerak.

Talabalarning tanlagan kasb va yo‘nalishlariga qarab, ustozlarimizga biriktirib, kelgusida, magistratura va undan keyingi ilmiy izlanishlarida ham ushbu ustozlarimiz ularga ilmiy rahbarlik qilishlari lozim, o‘shandagina talaba tanlagan kasbining haqiqiy egasi bo‘lib yetishadi. ˗ dedi Maqsud Isoqov.

Yig‘ilishda o‘rtaga tashlangan vazifalar yuzasidan professor-o‘qituvchilar, kafedra mudirlarining taklif va mulohazalari eshitildi.

 

   

Recommends

04.07.2023 / 09:07
12.10.2022 / 11:10
Mobile android application "Oil Well 1.0“

With best wishes to the professorships of the Faculty of Geology of Oil and Gas Fields of the University of Geological Sciences from the BUSINESS INCUBATOR of the University of Geological Sciences.

22.09.2022 / 12:09
//