Sitemap
Zoom0%

KOMPLEANS NAZORAT

KOMPLEANS NAZORAT

Question

Do you like the site design?

KOMPLEANS NAZORAT

KORRUPSIYA — JAMIYAT TARAQQIYOTI KUSHANDASI, DAVLAT XAVFSIZLIGIGA TAHDID TUGʻDIRUVChI XAVFLI JINOYATDIR

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi organi “Xalq soʻzi” gazetasining bugungi (15.09.2022) sonida Bosh vazirning Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi Bobir ISLAMOVning “Korrupsiyaga murosasiz boʻlaylik” nomli dolzarb mavzudagi maqolasi chop etildi.Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Korrupsiyaning oldini olish, bu sohada jamoatchilik nazoratini keng yoʻlga qoʻyish, barcha jarayonda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash yoʻlida samarali ishlar olib borilmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni alohida ahamiyatga ega boʻlib, unda davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, vakolatli organlar vazifalari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, jazo muqarrarligini taʼminlash va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish kabi omillar mustahkamlab qoʻyildi.Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori talablari asosida qoʻmita tarkibida korrupsiyaga qarshi Ichki nazorat boshqarmasi tashkil etildi.



2021-2022 yillarda strategik turdagi yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishga 339 ta litsenziya, noruda foydali qazilmalardan foydalanishga 4 804 ta, quduqlarni burgʻilashga 3 903 ta va suvdan maxsus foydalanishga 1 751 ruxsatnoma byurokratik toʻsiqlarsiz tadbirkorlik subʼektlariga berilishining taʼminlanishi bilan ehtimoliy korrupsion omillarga chek qoʻyildi.Hozirgi kunda yer qaʼridan oqilona foydalanish va foydali qazilma qazib oluvchilarga amaliy koʻmak berish maqsadida har bir viloyat hokimiyatlarida Davlat geologiya qoʻmitasi tarkibidagi korxonalar xodimlaridan iborat guruh biriktirilishi natijasida 100 ga yaqin masalalar oʻz joyida hal qilinib, aholi va tadbirkorlarning idorama-idora sarson boʻlib yurishining oldi olinmoqda.
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida joriy yilning olti oyi davomida qimmatbaho metallarni noqonuniy qazib olayotgan 942 ta jismoniy shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, 6,14 milliard soʻmlik maʼmuriy jarima belgilandi.
Shu bilan birga,  Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda yer qaʼridan foydali qazilmalarni noqonuniy qazish vaziyatlari oʻrganilganda 212 ta holat boʻyicha davlatga 94,5 milliard soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi. Mazkur ishlar yuzasidan toʻplangan materiallar qonuniy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborildi.
Muxtasar aytganda, korrupsiya — taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tugʻdiruvchi xavfli jinoyatdir. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi boʻlishi zarur. Shu bois ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz boʻlish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart. Bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarur”, degan daʼvati barchaning hayotiy shioriga aylanib borayotgani eʼtiborga molik.
Shunday ekan, yurtimizdagi har bir fuqaro u qaysi kasbda ishlashidan qatʼi nazar, korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borsa, halollik va adolatni hayotiy aʼmoliga aylantirsa, albatta, mamlakatimiz taraqqiyotiga tushov boʻlayotgan bu illatning ildizi qirqilishi, shubhasiz.

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omil, iqtisodiy hodisadir

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omil, iqtisodiy hodisadir. Zero, bu omil tufayli davlatning rivojlanishi sekinlashadi, hukumat tizimi ishdan chiqadi, demokratik institutlarga putur yetadi. Har qanday jamiyat uchun ushbu illatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biridir.Shunday ekan, korrupsiyadan qutulish, islohotlarni uning changalidan ozod etish haqida hammamiz oʻylashimiz, buning zaruratini har birimiz yuragimizdan oʻtkazishimiz, unga qarshi qatʼiy kurashishimiz kerak. 

Geologiya fanlari universitetida korrupsiya holatlariga guvoh boʻlsangiz +99890 980 9090 raqamiga qoʻngʻiroq qiling yoki anticor_gfu telegram bot ga xabar berishingiz mumkin.

Xabar bergan shaxs haqidagi maʼlumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.

Unutmang!!!

Korrupsiya  jamiyat taraqqiyotiga jiddiy zarar yetkazadi!

Toʻxtayev Ismoil Baxtiyor oʻgʻli
Korrupsiyaga qarshi kurashish, "Komplayens nazorat" boʻlimi mutaxassisi

 

Qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi tubdan takomillashtirildi

Soʻnggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan jiddiy islohotlar qatorida Oʻzbekiston uchun korrupsiyaga qarshi kurashish asosiy ahamiyatga ega vazifalardan biriga aylandi. Chunki korrupsiya nafaqat demokratiyaning, umuman har qanday taraqqiyotning kushandasi ekani maʼlum.
Transparency International tashkilotining 2020 yilda eʼlon qilgan reytinglariga koʻra Oʻzbekiston korrupsiya boʻyicha 26 ball bilan 183 ta mamlakat orasida 146 oʻrinni qayd qilgan. Bu achinarli holat albatta.
Albatta, korrupsiya darajasini qisqartirishga turli omillar taʼsir koʻrsatadi. Ularning biri qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining oʻzida korrupsion normalarning mavjudligi va bunday normalarning amaliyotga joriy etilishining oldini olishdir.
Shunga koʻra, joriy yilning 24 fevralida adliya vaziri buyrugʻi (roʻyxat raqami – 3287) bilan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan cheklist toʻldirish orqali korrupsiyaviy omillarni aniqlashni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi tartib joriy etildi.
Bunda, hujjatning har bir normasi va qoidasi tahlil qilinib, korrupsiyaviy omil bor yoki yoʻqligi cheklistda aks ettiriladi.
Shu bilan birga, korrupsiyaviy omillar toʻliq qayta koʻrib chiqildi hamda huquqni qoʻllovchilar va fuqarolarga ularning maʼnosi aniq, loʻnda va batafsil misollar bilan yoritilgan metodika asosida tushuntirib berilyapti.
Jumladan, qonunchilikda asossiz ravishda istisnolar kiritilishini nazarda tutish cheklandi, qabul qilinayotgan norma barcha uchun yagona va umumiy boʻlishi belgilandi. 
Normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiquvchilarga qulaylik yaratish maqsadida korrupsiyaviy omillarga aniq misollar keltirildi.
Endilikda loyihalarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishda jamoatchilik keng jalb qilinadi.
Bunda fuqarolar regulation.gov.uz portalida cheklist toʻldirish orqali qonun hujjatlari loyihalari boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirishi mumkin.
Bundan tashqari, amaldagi qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi hozirgi kunda samarali yoʻlga qoʻyilgan huquqiy monitoring tizimi doirasida oʻtkazilishi belgilandi. 
Hujjatdan koʻzlangan asosiy maqsad korrupsiyaning qonuniylashtirilib olinishiga oʻz vaqtida chek qoʻyishdir.

 

 

 

 

 

//