Sitemap
Zoom0%

31.08.2022 / 17:08
2039

 

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”

Bugun Geologiya fanlari universitetida universitet hamda ilmiy tadqiqot institutlar jamoasi, professor-o‘qituvchilar, xodimlar ishtirokida 

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

         

Tadbirda universitet rektori M. Isoqov barcha yig‘ilganlarni mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan tabriklab, “Milliy mustaqilligimiz yurtimizning jahon hamjamiyatida tutgan munosib o‘rni, erkin va farovon hayot qurish, ilm-fan, itisodiyot, san’at, madaniyat – hayotimizning barcha soha tarmoqlari borki, ularda bo‘layotgan keng ko‘lamli islohotlar, rivojlanishlar, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai aynan mustaqilligimizdir” deya ta’kidlab o‘tdi.

Bayram tadbirida so‘zga chiqqan ilmiy tadqiqot institutlari direktorlari, professor-o‘qituvchilar g‘urur va faxrimiz, tinch va osoyishta yurtimiz mustaqilligi bayorami bilan tabriklab, ezgu tilaklarini bildirdilar.

Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan faol hamda fidokorna mehnatlari uchun bir guruh universitet hamda ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, professor-o‘qituvchilarga faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

Recommends

16.05.2023 / 17:05
22.12.2022 / 09:12
Ekologiya davr muammosi

 

2022 yil 20 dekbr kuni Geologiya fanlari universitetida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, ekolog olim Kulmatov Rashid Anorovich “Orol dengizi havzasi mamlakatlarida iqlim o‘zgarishi muammolari (O‘zbekistonga bo‘lgan tahdid)” mavzusidagi dolzarb ilmiy amaliy ahamiyatga ega ma’ruza bilan ishtirok etdi.

28.02.2022 / 15:02

ГЕОЛОГИЯ ФАНЛАРИ УНИВЕРСИТЕТИДА “ЖАҲОЛАТГА ҚАРШИ МАЪРИФАТ” МАВЗУСИДА ДАВРА СУҲБАТИ БЎЛИБ ЎТДИ.

Мамлакатимизда амалга оширилаётган барча ижобий ўзгаришлар замирида ҳар томонлама баркамол – жисмонан соғлом, ақлан етук, мустақил ва ижодий фикрлашга қодир, интеллектуал салоҳиятли ёш авлодни вояга етказиш устувор мақсадимиздир.

Бугун Геология фанлари университети   Ёшлар масалалари ва маънавий-маърифий ишлар бўлими томонидан  “Жаҳолатга қарши маърифат” мавзусидаги давра суҳбати ҳам айни шу масалаларга бағишланди.
Университет профессор-ўқитувчилари ҳамда талаба-ёшлари иштирокидаги ушбу тадбирни университет проректори  Д. Джумабоев кириш сўзи билан очиб берди.

10.03.2023 / 18:03
Intellektual mulk va uning huquqiy asoslari

 

Adliya vazirligi bilan hamkorlikda vazirlik  huzuridagi Intellektual mulk markazining Ixtirolar va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i Ikrom Abduqodirov ishtirokida “Ixtirolar va foydali modellarning huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

//