Sitemap
Zoom0%

GFU universitetida “Ma’rifat ulashib” madaniy-ma’rifiy tadbiri

24.04.2024 / 20:04
105

Bugun Geologiya fanlari universitetida (GFU) “Ma’rifat ulashib” nomli muhim madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir universitet talabalari va o‘qituvchilarini adabiyot va she’riyat sohasida bilim va tajriba almashish maqsadida birlashtirdi.

Tadbirda taniqli shoirlar Nuriddin Aminjonov va Chorsham Ro‘zievlar o‘z ijod namunalari bilan ulashib, yig‘ilganlar bilan ochiq muloqotda bo‘lishdi. Tarjimalari va muharrirligi bilan keng tanilgan Nuriddin Aminjonov zamonaviy dunyoda adabiyotning ahamiyati haqidagi hikoyalari bilan yoshlarni ilhomlantirdi. Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Do‘stlik” o‘rdeni sohibi,  Chorsham Ro‘ziev lirikasiga ona yurtga bo‘lgan sog‘inch, muhabbat tuyg‘ulari singib ketgan shoir bo’lgani sababli ushbu g’oyalar uning bugungi nutqida o‘z ifodasini topdi.

“Ma’rifat ulashib” shunchaki tadbir emas, balki ilm va hikmatni targ‘ib qilishga da’vatdir. GFU talabalari va o‘qituvchilari muhokamalarda faol ishtirok etib, savollar berib va taqdim etilgan mavzular bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga hissa qo‘shishi, madaniyat va ta’lim bir-biriga uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi. Shuningdek, milliy adabiyot va she’riyatni O‘zbekiston madaniy merosining ajralmas qismi sifatida asrab-avaylash va rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Recommends

09.12.2022 / 19:12
BIZNING FAXRIMIZ

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” G‘OLIBLARI

27.10.2022 / 11:10
Seminar-training

On October 24-30 this year, an educational workshop on the topic "Installation of Oasis montaj software" was launched at the SE "Institute HYDROENGEO" at the University of Geological Sciences based on a Memorandum of Understanding between the State Committee of Geology of the Republic of Uzbekistan and the Geological Survey of Finland (GTK) on the implementation of the project "Improving the efficiency of natural resources development to increase national
welfare in the Republic of Uzbekistan"." organized by qualified specialists of the Geological Survey of Finland (GTK).

04.11.2022 / 15:11
Intellectual choices and games

 

On November 3, 2022, intellectual contests and games were held among students of the University of Geological Sciences

//