Sitemap
Zoom0%

International cooperation

International cooperation

Question

Do you like the site design?

International cooperation

Geologiya fanlari universiteti va Rossiya Federatsiyasining 8 ta yetakchi universitetlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi, shu jumladan: Sergo Ordjonikidze nomidagi Rossiya davlat geologiya-qidiruv universiteti (Moskva), Novosibirsk davlat universiteti (Novosibirsk), Tomsk davlat universiteti (Tomsk), Ural davlat konchilik universiteti (Yekaterenburg), Sibir Federal universiteti (Krasnoyarsk), Qozon Federal universiteti (Qozon). Shu bilan birgalikda Qozog‘istonning L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Moskva) va Rossiya Fanlar Akademiyasi Komi ilmiy markazi Ural bo‘limi bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bundan tashqari Yevropaning bir qator nufuzli OTM lari  hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan: Germaniyaning Frayberg Konchilik  Akademiyasi, Ispaniyaning IGME-CSIC Ispaniya Milliy Tadqiqot instituti, Turkiyaning Ankara universiteti, Italiyaning PIZA universiteti, Osiyoning yetakchi xalqaro tashkilotlari Xitoy Xalq Respublikasining “BGRIMM Technology Group” MCHJ, Koreyaning (ERG), Golden Engineering LTD and KITECH kompaniyasi, Yaponiyaning AKITA  universiteti, Yaponiyaning Kyusyu universiteti, Koreyaning SEBINE Technology kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Moskva), Yaponiyaning Kyusyu universiteti (Fukuoka), Yaponiyaning Akita universiteti (Akita),  Norvegiyaning Norvegiya tabiiy va texnika fanlari universitetlari (Tronxeym), Tomsk politexnika universiteti (Tomsk), Sankt-Peterburg davlat universiteti (Sankt-Peterburg), Sankt-Peterburg konchilik universiteti (Sankt-Peterburg), B.Yelsin nomidagi Ural Federal universiteti (Yekaterenburg), Almati menedjment universiteti (Alma-ata), I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetlari bilan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, memorandumlar loyihalari kelishilmoqda.

Magistrantlarning 3 nafariga Tomsk Davlat Universitetidan, 1 nafariga Ural davlat konchilik universitetidan ilmiy rahbarlar tayinlanib, 4 nafar xorijiy professorlar soatbay haq to‘lash asosida GFUga ishga qabul qilindi.

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan Geologiya (Geofizika) bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha 2021-2022 o‘quv yilidan “2+2” shaklda  qo‘shma taʼlim dasturi 2022-2023 yildan yo‘lga qo‘yildi hamda Rossiya federatsiyasining Tomsk davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik doirasidagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar magistraturaning “Yer evolyutsiyasi: geologik jarayonlar va mineral resurslar” va “Yer qaʼrini geologik o‘rganishni tashkil etish va boshqarish” ixtisosliklari bo‘yicha “1+1” qo‘shma dasturini amalga oshirildi.

//