Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Akita universiteti professori ishtirokida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tmoqda

01.05.2023 / 16:05
1205

Xalqaro hamkorlik

Geologiya fanlari universiteti bilan O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi  hamda  Yaponiyaning Akita universiteti bilan uzoq muddatli  hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, memorandum imzolangan. Hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchi hamda talabalarning ko‘nikma va malaka almashishini tashkil etish, qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi qatori kelishuvlar nazarda tutilgan.

Bu kunga qadar ushbu kelishuv memorandumida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, tomonlar doimiy hamkorlik qilib kelmoqdalar.

Joriy yilning 1-may kuni Akita universitetining geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Yasushi Watanabe ishtirokida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda professor tomonidan Noyob elementlar va ularni qo‘llanilishi, geokimyosi, minerallashuvi va resurslari, Kelajak uchun muhim metallar kabi dolzarb va qiziqarli mavzularda ma’ruza o‘qildi.

Ilmiy seminarda universitet prorektorlari, professor-o‘qituvchilar,  Ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, laboratoriya va bo‘lim boshliqlari, mutaxassislar va doktorantlar ishtirok etdilar.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ilmiy seminar 1–4 mayga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

03.11.2022 / 14:11
Тranschegaraviy suv qatlamlarini va yer osti suv resurslarini boshqarish

Joriy yilning 2-noyabr kuni Qozog'iston Respublikasida bo'lib o'tgan "Тranschegaraviy suv qatlamlarini va yer osti suv resurslarini boshqarish (GGRETA)" hamkorlik loyihasining 3-yig'ilishida Davlat geologiya qo’mitasi bo’lim boshlig’i R.Begmatov va Geologiya fanlari universitetining "GIDROINGEO instituti" DM direktori Q.Mingboyev boshchiligida tegishli mutaxassislar ishtirok etishdi.

17.10.2022 / 12:10
Universitetning yosh olimlari bilan tanishing!

Geologiya fanlari universiteti tarkibidagi “Mineral resurslar instituti” DMning Mineralogik tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Sayitov Sardor Savriddinovich va Biotexnologiya va gidrometallurgiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi Almatov Ilxomjon Mirzabek o‘g‘li o‘zlarining uzoq yillik izlanishlaridan so‘ng ilmiy yutuqlarining davomi sifatida katta ilmiy xodim unvonini qo‘lga kiritishdi.

//