Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

REKTORNING YANGI YIL TABRIGI

31.12.2022 / 20:12
1863

Assalomu alaykum qadrli ustozlar, hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!

Barchangizni yaqinlashib kelayotgan yangi 2023 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ta’lim olish, saboq berishdek sharafli va mashaqqatli yo‘lingiz doim nurafshon va zafarli bo‘lsin!

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan Geologiya sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan, zamonaviy axborot texnologiya jihozlari bilan ta’minlangan, o‘zining mustaqil ta’lim dasturi, ilmiy ishlab chiqarish salohiyatiga ega respublikada yagona ilm-fan va ta’lim klasteri – Geologiya fanlari universiteti qad rostlagani mazkur soha rivoji uchun quvonchli voqea bo‘ldi.

Mamnuniyat va faxr bilan ta’kidlash joizki, ushbu ilm maskanida bugun 1000 ziyod yoshlarimiz tahsil olishmoqda, 200 ga yaqin tajribali professor-o‘qituvchilar va yordamchi xodimlar faoliyat olib bormoqdalar.

Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar! Tarixan qisqa muddat davomida universitetimizning jonkuyar professor-o‘qituvchilari, jamoamiz ko‘magida o‘z oldiga qo‘ygan katta maqsadlariga bosqichma-bosqich erishib kelmoqda. Xususan, o‘tgan 2021 o‘quv yilida ustoz akademiklarimiz Habib Muhammedovich Abdullaev va Ibrohim Hamraboevich Hamraboev nomidagi stipendiyalar ta’sis etildi. Bunday sharafli stependiya g‘oliblari dastlab
4 nafar bo‘lsa, bu yil ular soni 7 nafarga yetdi va eng faol, bilim cho‘qqilarini egallayotgan yoshlarimiz safi yanada kengayishiga o‘ziga xos katta imkoniyat yaratildi.

Universitet faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan
2022–2024 yillarda Universitet faoliyatini rivojlantirish dasturiga ko‘ra, o‘quv jarayonini takomillashtirish, talabalarga amaliyotni geologiya qidiruv ekspeditsiyalari va sanoat korxonalari bazasida tashkil etish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda moddiy-texnik bazasini yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sohaning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, mamlakatimiz oliy ta’lim yo‘nalishida birinchi marta ta’lim jarayonining 70  foizi amaliy mashg‘ulotlarga ajratilib, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ va Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda universitet talabalarining amaliyotini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi. Universitetimizning 1- va 2-bosqich bakalavriatura talabalari uchun amaliyot o‘tash dasturlari tanqidiy tahlil qilinib, ushbu dasturlar takomillashtirildi va o‘quv jarayoniga joriy etildi.

2021–2022 o‘quv yilida Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan loyihalarda 50 nafardan ortiq talabalarimiz ishtirok etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatgichni yanada oshirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 4 martdagi topshirig‘iga ko‘ra, talabalarning ishlashga ruxsat berilgani universitetimiz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida mehnat qilayotgan yoshlarning tanlagan sohalarini yanada chuqur o‘rganishlariga katta zamin yaratdi. Zero, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, Geologiya iqtisodiyotga suv va havodek zarur.

Yana bir tarixiy yangilik, Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida turkiy xalqlarning buyuk mutafakkiri, davlat arbobi Yusuf Xos Hojibning «Zakovat bor joyda ulug‘lik, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi» so‘zlaridan iqtibos keltirib 2023 yilni “Insonga  e’tibor va sifatli ta’lim yili” e’lon qilingani mamlakatimizda “Inson qadrini ulug‘lash”dek buyuk g‘oyaning davomi bo‘lib, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va manfaatlariga xizmat qilishi shubhasiz.

Oxirgi yillarda ilmiy maktablarning tiklanishi, kadrlar tayyorlashga bo‘lgan e’tibor, eng ilg‘or ilmiy metodikalarning joriy etilishi, zamonaviy sharoitlar yaratilayotganligi bizdan katta fidokorlik va chuqur bilimni talab etadi.

Shu o‘rinda mamnuniyat bilan aytib o‘tish joizki, talabalarimizning ta’lim olish va turli sport musobaqalarida ishtirok etishi kun sayin faollashib boryapti. Xususan, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan  “Besh tashabbus olimpiadasi” sport o‘yinlarining respublika bosqichida talabalarimiz Aktam Isoqulov hamda Oybek Rustamovlarning yuqori o‘rinlarni egallagani barchamiz uchun quvonarli voqea bo‘ldi. Bunday yutuqlar  boshqa talabalarning ham yanada yuksak marralarni egallashiga o‘ziga xos ibrat va rag‘bat bo‘lishi shubhasiz. 

Aziz talabalar! Mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz – Siz yoshlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli barcha sohalarda o‘z iqtidoringiz va salohiyatingizni to‘liq namoyon etib, yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishingizga hamda kelajakda yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilishingizga ishonaman.

Shu fursatdan foydalanib barchangizni kirib kelayotgan yangi yil bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman. Yangi 2023 yil xalqimiz, ona Vatanimiz uchun tinchlik-xotirjamlik, fayz-baraka yili bo‘lib kelsin. Xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, sharafli va mashaqqatli kasbingizda ulkan zafarlar doimo hamroh bo‘lsin!

 

Hurmat bilan Geologiya fanlari universiteti rektori                                    M.U.Isoqov

Мы рекомендуем

11.11.2022 / 14:11
«Управление экологической и социальной эффективностью в горнодобывающей промышленности для устойчивого развития энергетики и ресурсов»

 

Сегодня, 11 ноябрят.г. состоялась церемония закрытия учебных семинаров на тему «Управление экологической и социальной эффективностью в горнодобывающей отрасли для устойчивого развития энергетики и ресурсов» организованный в сотрудничестве с Корейским агентством международного сотрудничества (KOICA) Госкомгеологии.

18.11.2022 / 15:11
Gender tengligi-adolat mezoni!

 “Gender tenglik qonuni” mavzusida xotin qizlarni tazyiq zoʻravonlikdan himoya qilish, Xotin-qizlar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurash, erta tugʻruq va ajrimning oldini olish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.

29.01.2024 / 18:01
Rektor va yoshlar uchrashuvi

Rektor va yoshlar uchrashuvi

18.04.2023 / 17:04
Xalqaro hamkorlik

2+2 dasturi doirasida

//