Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

GEOLOGIYА FANLARI UNIVERSITETI 1-KURS TALABALARI “GEODEZIYА VA TOPOGRAFIYa ASOSLARI” FANIDAN AMALIYoT O‘TAMOQDALAR

02.06.2023 / 12:06
1364

Amaliyot 2023

Geologiya fanlari universitetining Foydali qazilma konlari geologiyasi, Neft va gaz konlari geologiyasi fakultetlarining tegishli ta’lim yo‘nalishlari, 1-kurs talabalari “Geodeziya va topografiya asoslari” fanidan o‘quv-dala amaliyotini o‘tamoqdalar.

Amaliyot Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hududida olib borilmoqda.

Talabalar amaliyot davrida geodezik o‘lchash asboblarining tuzilishi, ularni tekshirish va ularni ishga tayyorlash, teodolit syomkasi, chiziqli inshoot trassasini rejalash va nivelirlashni bajarish, o‘lchash natijalarini ishlab chiqish, plan va profillarni tuzish kabi malakalarga ega bo‘ladilar. olgan bilimlarini nazariy va amaliy jihatdan mustahkamlaydilar..

Bundan tashqari geodezik asboblar bilan ishlash, geodezik o‘lchash, teodolit yo‘li syomkalarini bajarish, trassani nivelirlash va o‘lchash natijalarini ishlab chiqish kabi ishlarini amalga oshiradilar.

Talabalarning "Geodeziya va topografiya asoslari" fanidan amaliyot jarayonlari joriy yilning 3 iyuligacha davom etadi.

Yoshlar amaliyotni  muvаffaqiyatli tamomlab, bir oy muddatga “Umumiy geologiya” fanidan “Oqsoq-ota ” o‘quv dala amaliyot poligoniga jo‘nab ketadilar.

Tavsiya etamiz

29.12.2023 / 18:12
12.05.2023 / 13:05
“WORLD EDU-2023” xalqaro ta'lim ko'rgazmasining ikkinchi kuni

Samarqand shahrining “SOF EXPO SAMARQAND“ xalqaro ko'rgazmalar markazida “WORLD EDU-2023” xalqaro oliy ta'lim muassasalari, yirik sanoat korxonalari ishtirokidagi ko'rgazmaning ikkinchi kuni qizg'in davom etmoqda. 

//