- BIZ HAQIMIZDA
-
TUZILMA
- TASHKILIY TUZILMA
- REKTORAT
- BIZ HAQIMIZDA
-
MARKAZLAR VA BO'LIMLAR
- Raqamli Ta'lim Texnologiyalari markazi
- Axborot-resurs markazi
- Xalqaro hamkorlik bo‘limi
- Matbuot xizmati
- Ichki nazorat va monitoring bo`limi
- Reja-moliya bo‘limi
- Buxgalteriya
- O'quv-uslubiy bo'limi
- Devonxona va arxiv bo`limi
- Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
- Tа’lim sifаtini nаzorаt qilish boʼlimi
- Iqtidorli talabalarning Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
- Ishlar boshqarmasi
- Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi
- Magistratura boʼlimi
- Sirtqi bo'lim
- Yuriskonsult
- Kadrlar bo‘limi
- FAKULTETLAR
-
KAFEDRALAR
- Neft va gaz konlari kafedrasi
- Iqtisodiy geologiya
- Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi
- Foydali qazilma konlari geologiyasi kafedrasi
- Gidrogeologiya va muhandislik kafedrasi
- Umumiy geologiya kafedrasi
- Ijtimoiy fanlar, o'zbek tili va sport ishlari kafedrasi
- Mineralogiya, petrografiya va geokimyo kafedrasi
- Foydali qazilma konlarini izlashning geofizik usullari
- Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi kafedrasi
- Qo'shma ta'lim
- ILMIY TADQIQOT INSTITUTLARI
- GEOINNOVATSION TEXNOLOGIYALAR MARKAZI
- GEOLOGIYA MUZEYI
- FAOLIYAT
- TALABALAR
- ABITURIYENTLARGA
- YANGILIKLAR
- TTJ ONLINE ARIZA
- LIVE
- QABUL 2023
So'rovnoma
DEVONXONA VA ARXIV BO`LIMI
DEVONXONA VA ARXIV BO`LIMI
Devonxona va arxiv bo`limi universitetning tarkibiy tuzilmasiga kiradi va bevosita rektor boshqaruvida ish yuritadi.
Devonxonaning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar kiradi:
Universitetning faoliyatiga tegishli ichki, tashqi tashkiliy buyruqlarni, farmoyishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘paytirish, tarkibiy bo‘linmalarga yetkazish, saqlash;
Universitet rahbarlari (rektor va prorektorlar) nomiga yuborilgan xizmat yozishmalari, ma’lumot-axborot hujjatlari, olinma va jo‘natma xatlar hamda xat-xabarlar (korrespondensiya)ni ro‘yxatdan o‘tkazish, tegishli bo‘limlarga tarqatish, javoblarni adresatlarga jo‘natish;
Hujjatlardan talablar bo‘yicha kerakli ko‘chirmalar berish, muddatlari tugagan xujjatlarni dalolatnomalar asosida yo‘q qilish singari ishlarni olib boradi.
Arxiv universitetning devonxona tuzilmasiga kiradi va o‘quv yillariga tasdiqlangan tashkilish tuztlmasiga muvofiq bevosita rektor boshqaruvida bo‘ladi. Arxivni rektor buyrug‘i bilan qabul qilingan arxiv mudiri boshqaradi. Arxiv tarkibiga tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq arxiv mudiri, arxivarius lavozimlari kiradi. Arxiv mudiri va uning tarkibidagi lavozimlar rektor tomonidan alohida tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalari asosida ish olib boradi.
Arxivning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar kiradi:
Geologiya fanlari universiteti arxivi tashkilot hujjatlarini qabul qilish, Hisobga olish, saralash, ulardan foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlashdan iborat bo‘ladi;
Arxivga qabul qilingan yig‘majildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini beradi;
Arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatini aniqlash uchun ekspertiza qilishni tashkil etadi, ish yuritish jarayonida hujjatlar qimmatini ekspertiza qilishda uslubiy yordam ko‘rsatadi;
Hujjatlarni davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan muddatlarda topshiradi;
Hujjatlardan foydalanishni tashkil qiladi va belgilangan tartibda ham manfaatdor tashkilotlarga, ham fuqorolarga ma’lumotnomalar, hujjatlardan ko‘chirmalar va nusxalar beradi;
Tashkilotning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda arxiv ishi va ish yuritishda hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlar (yo‘riqnoma, tavsiya, nizom, saqlash muddatlari ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxati va boshqalar)ni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishib oladi.
Devonxona mudiri: Mirgaziyeva Nazokat Nidjatovna Email: gfu_devonxona@exat.uz Теl: 71-2097900 Ish vaqti: Xar kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba |
|