Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

MАGISTRАTURА BOʼLIMI

MАGISTRАTURА BOʼLIMI

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

MАGISTRАTURА BOʼLIMI

MАGISTRАTURА BOʼLIMI

Geologiya fanlari universitetida oliy taʼlim tizimining ikkinchi bosqichi sifatida magistraturaning  meʼyoriy-huquqiy bazasi ishlab chiqilib, oʼquv jarayonini tashkil etish asoslari, oʼquv-uslubiy majmua, yangi avlod axborot taʼminoti tuzildi hamda joriy etildi. Ilmiy-pedagogik xodimlar tarkibi shakllantirildi. Taʼlim jarayonida oliy taʼlim jarayonining uzviyligi va izchilligini taʼminlash uchun meʼyoriy-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilib tasdiqlandi.

Taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish maqsadida magistrantlarning ilmiy va amaliy faoliyati universitet qoshidagi zamonaviy texnologiyalar va uskunalar bilan jihozlangan "Geoinformatsion texnologiyalar markazi" da, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʼmitasi huzuridagi tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot institutlarida tashkil etilmoqda.

Magistrantlarning ilmiy faoliyatga qiziqishini oshirish va qoʼllab-quvvatlash uchun muntazam ravishda ilmiy seminarlar va konferentsiyalar oʼtkazilib, oʼquv jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda.

2020-2021 oʼquv yilida universitetda  quyidagi magistratura mutaxasisliklari boʼyicha ta’lim berilmoqda:

5A311801 - Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi;

5А311201- Yerni masofadan zondlash va GАT-texnologiyalari;

5А140813- Geokimyo,mineralogiya va petrologiya;

5А311712- Ruda va noruda foydali qazilma konlarini izlash va qidirish;

Magistratura talabalari quyidagi maxsus fanlar boʼyicha oʼqimoqdalar:

- "Foydali qazilmalarni qidirishning zamonaviy usullari";

- "Genetik mineralogiya";

- "Oʼzbekiston mineral-xomashyo bazasini oʼzlashtirish asoslari";

- "Nomaʼdan konlarni bashoratlash va qidirish usullari"

- "Muhandislik-geologik izlanishlar";

- "Gidrogeokimyo";

- "Geologiyada masofaviy zondlash";

- "Geologiyada GАT" va boshqalar.

Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun magistratura professor-oʼqituvchilar tarkibiga professorlar, fan doktorlari, dotsentlar, fan nomzodlari, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʼmitasi ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari va mutaxassislari jalb qilingan. Universitet magistratura dasturida magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoniga katta eʼtibor qaratilmoqda. Magistrlik dissertatsiyalari mavzulari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining muammoli masalalarini hamda ish beruvchi dala ekspeditsiya larining mutaxassis-xodimlar oldiga qoʼyayotgan talablarini hisobga olgan holda tanlanadi.

 

 

Familiyasi: 

Ismi: 

Sharifi: 

Qabul vaqti: Dushanba- payshanba (14:00-17:00)

tel.: 71-2090824

Е-mail:

Ish joyi: Geologiya fanlari universiteti,

Magistratura boʼlimi boshligʼi

 

 

//