Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

                                              Geologiya fanlari universiteti axborot-resurs markazi haqida
                                                                                     MA’LUMOT

            Axborot-resurs markazi 4 qavatdan iborat yangi va zamonaviy uslubda qurilgan alohida binoda joylashgan. Axborot-resurs markazida har bir qavatda umumiy va maxsus o‘quv zallari mavjud bo‘lib, 208 o‘rinni tashkil etadi, shuningdek elektron o‘quv zalida kitobxonlar uchun 20 dona zamonaviy kompyuter bilan jixozlangan, xodimlar uchun 6 dona kompyuter va 2 dona skaner va nusxa ko‘chirish qurilmalari bilan ta’minlangan. Axborot-resurs markazining 2-qavatida 94 o‘rinli maxsus interaktiv o‘quv zali tashkil yetilib zamonaviy axborot-komunikatsion jihozlar bilan ta’minlangan. Markazning yuqori qismida 154 o‘rinli tadbirlar zali mavjud. Ushbu tadbirlar zalida barcha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida tadbirlar o‘tkazilishiga barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bino qishda issiq yozda salqin sovutish tizimlari muntazam ishlaydi.
          Universitet ochilishi munosabati bilan muxtaram yurtboshimizning tashriflaridan keyinoq ushbu tadbirlar zalida bir qator muxim tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda, jumladan Oliĭ ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Haiatining kengash majlisini aynan ushbu markazda tashkil etilib barcha tadbir ishtirokchilariga markaz faoliyati to‘g‘risida axborot berilgan.
           Axborot-resurs markazining umumiy fondi 53070 nomda 79700 nusxani tashkil qiladi, shundan, darsliklar 128 nomda 619 nusxada, o‘quv qo‘llanmalar 348 nomda 1210 nusxada, badiiy adabiyotlar 1237 nomda 2749 nusxada, ilmiy adabiyotlar 24293 nomda 40089 nusxada va boshqa adabiyotlar 27073 nomda 35033 nusxani tashkil qiladi. Axborot-resurs markaziga a’zo bo‘lganlar soni jami 2774 tani tashkil qilib, foydalanuvchilar soni oylik kesimida umumiy 3122 tani tashkil qiladi. Ulardan 2541 tasi talabalarni va 581 tasi professor-o‘qtuvchilar va xodimlarni tashkil qiladi. ARM kitob aylanishlar soni oyiga 5127 tani tashkil etadi.
Axborot-resurs markazida Springer, Web of Science, Scopus, SciVal, Dslib xalqaro ilmiy ma’lumotlar ba’zalariga va Milliy kutubxona elektron resurslariga ulanish va ulardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Markazining axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida yig‘ma elektron katalogini shakillantirilgan va ochiq fonddagi barcha adabiyotlar (5291 nomda), 358 ta dissertatsiya va avtoreferatlar kiritilgan. Hozirgi vaqtda kutubxona yopiq fondidagi ilmiy va o‘quv adabiyotlarini tizimga kiritish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.2020-2024-yillar davomida jami 514 nomda 1140 ta xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar xarid qilingan.
          Axborot-resurs markazida avtomatlashtirilgan zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida barcha zaruriy moddiy texnika ba’zasi bilan ta’minlangan. Bu moddiy texnika ba’zasi ro‘yhatiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Kitoblarni indekslash uchun maxsus RFID chiplari (20000 dona), kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishda foydalanish uchun ekranlashtirish qurilmasi (Unibook reader SHF 2 dona va Unibook Sheildid HF 2 dona), kitobxonlarga kitobxonlik bileti sifatida RFID maxsus kartalari, kitobxonlik kartalarini chop yetish uchun maxsus Evolis Zenius printer, inventarizatsiya jarayonlarini avtomatlashtirilgan tarzda tashkil etish uchun reader qurilmasi, maxsus RFID himoya tizimi, kitobxonlar uchun 22 dona monoblok hamda kitobxonlar kutubxona fondidan mustaqil tarzda foydalanishlari uchun 2 dona infokyoskalar mavjud. Shuningdek xodimlar foydalanishlari uchun 7 dona kompyuter, 2 dona printer va skaner, taqdimotlar vaqtida foydalanish uchun 2 dona interaktiv doska mavjud.
          Axborot-resurs markazida 1-qavatida jismoniy imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar va ko‘zi ojizlarga maxsus xona mavjud va unda barcha sharoitlar yaratilgan.
          Xozirgi kunda axborot-resurs markazi yurtimizdagi ko‘plab oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik a’loqalarini yo‘lga qo‘ygan. Markaz yurtimizda birinchilardan bo‘lib zamonaviy texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona xizmatlarini yo‘lga qo‘yganligi sababli ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalari tomonidan qiziqish bilan o‘rganilmoqda, misol sifatida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universitetilari axborot-resurs markazi xodimlari tashrif buyurib o‘zaro axborot almashib borilmoqda.

Axborot resurs markazi boshligʼi

Markaz boshligʼi: Muxammadiyev G‘ayrat Muxammadiyev

 Qabul kunlari: Dushanba, juma 9:00-18:00

Теl.: +998 71-2090829

Email:  muxammadiyev@uzgeouniver.uz

 

//