Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Geologiya fanlari universitetining korxona tashkilotlar bilan tuzilgan xamkorlik shartnomalari to‘g‘risida maʼlumot

Geologiya fanlari universitetining korxona tashkilotlar bilan tuzilgan xamkorlik shartnomalari to‘g‘risida maʼlumot

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

Geologiya fanlari universitetining korxona tashkilotlar bilan tuzilgan xamkorlik shartnomalari to‘g‘risida maʼlumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 martdagi "O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi Geologiya fanlari universiteti faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-154-son Qarorining ijrosini taʼminlash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

 Geologiya fanlari universiteti 20 ta mahalliy korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalar imzolagan:

- “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”,

- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,

- “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ,

-  “Navoiyuran” DK,

- “O‘zbekgeofizika” AJ,

- “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”,

- “O‘zLITIneftgaz” AJ,

- “Vodiy nef va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”,

- “O‘zbekgeorangmetliti” MCHJ,

- “O‘zbekiston Respublikasi xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati” DM,

- “O‘zbekgeologiyaqidiruv” AJ,

- “O‘zbekgidrogeologiya” DK,

- “Regionalgeologiya” DUK,

- “Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM,

- “Geologiya-marksheyderlik xizmati” DK,

- “Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi”,

- “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”,

- “O‘zbekneft burg‘ulash ishlari” MCHJ,

 Bundan tashqari Geologiya fanlari universiteti tizimiga qarashli ilmiy tekshirish institutlari, Geologiya muzeyi bilan hamkorlik shartnomalar imzolandi.

Tuzilgan hamkorlik shartnomalariga universitet talabalari o‘quv-tanishuv amaliyotlari va ishlab chiqarish amaliyotlarini korxona tashkilotlar tomonidan samarali o‘tkazish (ovqatlanish, yotoqxona bilan taʼminlash, mavsumiy ishlarda jalb etib oylik ish haqini to‘lash, kelgusida ish o‘rni bilan taʼminlash) shartlari kiritilgan. Shuningdek, universitet bilan korxona tashkilotlar o‘rtasida o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etish, dual tizimi asosida ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini tashkil etish, universitetning Axbarot resurslar markazidan korxona mutaxassislarini unumli foydalanishida imkoniyat yaratish, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan ilmiy xodimlarga va talabalarga korxonalarda kerakli sharoitlar yaratib berish shartlari nazarda tutilgan. 

//