Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

07.04.2021 / 11:04
3161

Hamkorlik dasturiga ko‘ra Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 27, 207-maktablarda targ‘ibot tadbirlari va darslari o‘tkazildi. Ushbu maktablar Geologiya fanlari universitetiga biriktirilganligi, maktablar bilan oliy o‘quv yurtlarining yaqin ilmiy, pedagogik hamkorligi nuqtai nazaridan doimiy uchrashuvlar o‘tkazish maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

 

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

Hamkorlik dasturiga ko‘ra Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 27, 207-maktablarda targ‘ibot tadbirlari va darslari o‘tkazildi. Ushbu maktablar Geologiya fanlari universitetiga biriktirilganligi, maktablar bilan oliy o‘quv yurtlarining yaqin ilmiy, pedagogik hamkorligi nuqtai nazaridan doimiy uchrashuvlar o‘tkazish maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Ushbu davra suhbatida O‘zbekistondagi keng ko‘lamli isloxotlar, xususan ta’lim tizimidagi ulkan o‘zgarishlar, sifat va samaradorlikni oshirilayotgani o‘quvchilarga tushuntirib berildi. O‘quvchilar oliy ta’lim tizimi, mavjud yo‘nalishlar va magistratura mutaxassisliklari bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek Geologiya fanlari universitetida mavjud yo‘nalishlar, magistratura mutaxassisliklar, universitet o‘quv jarayoni, talabalar hayoti, geologiya sohasida xususan ta’lim jarayonidagi dolzarb masalalar, ilg‘or texnologiyalar haqida slaydlar asosida keng ma’lumotlar berildi. Ushbu ma’ruzalar o‘quvchi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ma’lumotlarning albom va elektron shakllari maktablarga taqdim etildi.

Davra suhbatida Geologiya fanlari universitetining yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori t.f.d., prof. M.M.Haydarov,, Neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti dekani t.m.f.d. P.S.Sultonov, Foydali qazilma konlari geologiyasi fakulteti dekani B.N.Urunov, matbuot xizmati boshlig‘i B.Z.Muxitdinov hamda maktablarning ilg‘or o‘qituvchilari, mavzuga qiziqish bildirgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Tavsiya etamiz

03.04.2023 / 18:04
Universitetda kasb bayrami

Respublikamizda 2018 yil 26 dekabrda Davlatimiz rahbari tomonidan geologiya sohasining mavqei, uning respublikamiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni, bu sohada xizmat qilayotgan zahmatkash insonlar mehnati, qadr-qimmati munosib baholanib, aprel oyining birinchi yakshanbasi “Geologiya sohasi xodimlari kuni” deb rasman e’lon qilingan.

10.10.2023 / 18:10
Rektor kubogi

Sport – sog‘lik garovi!

08.08.2023 / 09:08
21.10.2022 / 14:10
1989 yil 21 oktabr "O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun"

 

1989 yil 21 oktabr "O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan Geologiya fanlari universitetining barcha ustozlarimiz va talabalarimizni tabriklaymiz

//