Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Tomsk davlat universitetining 145 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda universitetimiz vakili ishtirok etdi

12.09.2023 / 12:09
1010

Xalqaro munosabatlar

Joriy yilning 5-6 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahrida,  Tomsk davlat universitetining 145 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Zamonaviy sharoitlarda barqarorlik, ko‘p vektorli va texnologik suverenitet siyosati” xalqaro ilmiy-amaliy forumida Hindiston, Indoneziya, Laos, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardan kelgan mutaxassislar qatorida Geologiya fanlari universiteti ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L.Sharafutdinova ham ekspert sifatida ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik, Rossiya ta’limini rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar va yangi texnologiyalarni yaratish kabi dolzarb mavzularga diqqat qaratildi.

Xabaringiz bor, Geologiya fanlari universiteti va Tomsk davlat universiteti bilan “1+1” qo‘shma ta’lim dasturiga ko‘ra “Geologiya (Foydali qazilmalar geologiyasi)” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ikki diplomli o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2023-2024 o‘quv yili uchun talabalikka qabul qilingan O‘zbekistonlik barcha talabalarimiz TDUning “Parus” yotoqxonasiga joylashtirildi. Shu bilan birga, magistrlik dissertatsiyalari mavzulari muhokama etilib, ularga ilmiy rahbarlar tayinlandi.

 

 

Tavsiya etamiz

16.10.2023 / 11:10
10.03.2023 / 18:03
Intellektual mulk va uning huquqiy asoslari

 

Adliya vazirligi bilan hamkorlikda vazirlik  huzuridagi Intellektual mulk markazining Ixtirolar va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i Ikrom Abduqodirov ishtirokida “Ixtirolar va foydali modellarning huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

17.11.2021 / 11:11
Geologiya fanlari universiteti Moskva oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlik qiladi
"Moskva davlat universiteti bilan Geologiya fanlari universiteti bakalavr taʼlimi bo‘yicha to‘rt yillik o‘quv davomida talabalar ikki yilni Geologiya fanlari universitetida, qolgan ikki yilni Moskvada tahsil oladi va bitiruvchilar ikki universitet diplomini qo‘lga kiritadi."
//