Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Hayotimni o‘zgartirgan Suren ota

27.06.2023 / 18:06
1020

Voqeiy hikoya

Voqeiy hikoya

2023-yil 16-iyun. Dala-o‘quv amaliyotiga kelganimizga  roppa-rosa 13 kun bo‘ldi. Soat tong sahar 6:00. Telefonlarimizning ovozlari baralla qo‘ng‘iroq chalishni boshladi. Birin ketin hamma uyqudan turdi. Kecha ko‘pchiligimiz kech yotgan, ba’zilar suhbatlashib o‘tirgan, yana ba’zilar esa aloqaga chiqqan (Tog‘da ma’lum joylarda telefon aloqalari ishlaydi) vaqtida yuklab olgan kinolarini ko‘rishgan. Boshqalar esa dars jarayonida yozganlarini o‘qib kech yotgan edi. Hammani ko‘zi shishgan, qizargan. Zo‘rg‘a ko‘zlarini ochishmoqda. Kecha bizga bir kunlik yo‘l yurishimizni aytib ogohlantirgan bo‘lsa-da, baribir hamma o‘z bilganidan qolmagan edi. Hullas hamma o‘z joylarini yig‘ishtirib, nonushta qilib bo‘lib, o‘z vaqtida ertalabgi safga saflanishdi. Shu vaqtgacha barcha guruhlar amaliyotni alohida-alohida manzillarda o‘tayotgan bo‘lsa, negadir deyarli barcha guruhga Suren ota tog‘iga chiqish aytildi.

Omborxonadan tushlik uchun kerakli yeguliklar olindi, ba’zilar do‘kondan "kola", "fanta" va "energetik" oldi va yo‘lga chiqdik. Oldinda bizni qiyin, srguzashtga boy hamda, uzoq yo‘l kutayotganini bilgan holda olg‘a qadam tashladik. Mening tasavvurimda Suren ota – haqiqiy geologlarni aniqlashda ko‘maklashuvchi bir tog‘dek edi. Haqiqatdan ham shunday ekan.

Ko‘pchilik guruhlar oldinga ildam yurib ketishdi. Shu jumladan, bizning guruh ham. Soat 12:10, hamma holdan toygan suvlar tugagan, ko‘tarilish esa yanada qiyinlashib bormoqda... Kursdoshlarimiz orasidan taqdirga tan berib ortda qolganlari ham bo‘ldi,  ba’zilar esa  yo‘ldan ortga qaytishdi. Bizning esa qornimiz och. Lekin shundayligiga qaramasdan, avval, shu tog‘ni cho‘qqisiga chiqib, undan keyingina tushlik qilamiz, degan niyatda edik.

Soat 13:20. Biz cho‘qqiga chiqdik. Afsuski ko‘pchilik emas. Guruhlardan ba’zilar yo‘lda taslim bo‘lishdi. Cho‘qqiga chiqqach, nafas rostlab, sur’atga tushdik, keyin qaytish taraddudini ko‘rdik. Pastga tushar ekanmiz, shuni angladimki, aynan ushbu tog‘ mening hayotimni 180° ga o‘zgartirdi. Universitetlarda amaliyot o‘tashning ham ayni maqsadi shu ekan. Soat 14:30 dan o‘tdi. Chiqishdan ko‘ra tushish qiyin, ko‘pchilik sirpangan, yiqilgan, qo‘li, oyog‘i shilingan holda. Aksiga olib, hamma holdan toygan, qadam bosgisi kelmaydi, suvlar tugagan. Shaxsan o‘zim shu vaqtgacha nechta toqqa chiqqan bo‘lsam deyarli yiqilmagan edim. Suren otaga bo‘lgan yo‘limiz esa bizni ancha sinovdan o‘tkazdi. Soat taxminan 16:00 larda esa biz soy bo‘yida yig‘lib birgalikda tushlik qildik, adashib qolganlarni qidirib, topib keldik hamda 17:30 larda lagerimizga yetib keldik.

Men ushbu Suren otaga bo‘lgan sayohatimizdan shuni anglab yetdimki, gologiya sohasi biz o‘ylaganchalik oson emas. Shunchaki keladi, yangi neft konini topadi, pulni tagida qolib ketadi deb o‘ylash ham xato. Har bir kasbni o‘z baland-pasti, o‘ziga yarasha yuki bo‘ladi. Suren ota hayotimni emas, balki hayotga, kasbimga nisbatan dunyo qarashmni o‘zgartirishimga sababchi bo‘ldi. To‘g‘ri geologiya sohasi xalq orasida unchalik taniqli emasdir, lekin ushbu kasbni egallagan har qanday geolog (agarda mana shu Suren ota va bundan 10 barobar kuchli tog‘ tizmalarini zabt eta olsa, o‘z kasbini puxta o‘rgansagina) kam bo‘lmagan va kam bo‘lmaydi.

Geologiya sohasi xozirgi kunda o‘z mavqeini asta sekin egallab kelmoqda va shuni aniq ayta olamanki yaqin kelajakda ushbu kasb ko‘plab kasblar qatori mashhur bo‘ladi. Buning uchun esa, mendek, sizdek talabalar, o‘quvchilar o‘z kasbimizni yuqori mahorat va saloyihiyat bilan o‘rganib kamol topishimiz kerak.

 

Azizbek Norqulov 2023 yil, 22 iyun.

Tavsiya etamiz

02.12.2022 / 12:12
Kiber jinoyat – davr muammosi

 

Geologiya fanlari universiteti talabalarning ilm olishlari bilan bir vaqtda ularning ma’naviy axloqi, yurish-turishi universitet rahbariyati va mas’ullarning diqqat markazida.

04.11.2022 / 15:11
“Intellektual tanlov va o‘yinlar”

 

2022 yilning 3 noyabr kuni Geologiya fanlari universiteti talabalari o‘rtasida “Intellektual tanlov va o‘yinlar” o‘tkazildi.

//