Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

O‘zbekiston-Koreya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumida Geologiya fanlari universiteti bilan Koreyaning ikki universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

28.03.2023 / 15:03
1336

Xalqaro anjuman

O‘zbekiston-Koreya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumida Geologiya fanlari universiteti bilan Koreyaning ikki universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Xalqaro anjuman

Xalqaro anjuman davomida “Universitetlarning iqtisodiy o‘sishga qaratilgan innovatsiyalar va texnologiya sohalaridagi tashabbuslari” mavzusiga bag‘ishlangan seksiya muzokaralarida Geologiya fanlari universiteti rektori Maqsud Isoqov mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan samimiy tabrikladi.

– “Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash – bu faqatgina ta’lim muassasasining vazifasi emas, balki ishlab chiqarish bilan yaqin aloqada bo‘lgan butun ta’lim tizimining vazifasi ekanligini anglash muhimdir. Aynan shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan xorijiy universitetlarning ilg‘or tajribalari asosida Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi.”– dedi rektor  va universitet faoliyat bilan yaqindan tanishtirdi.

Shundan  so‘ng, Koreyaning Kangwon milliy universiteti hamda Kyungwoon universitetlari bilan Geologiya fanlari universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumlari imzolandi.

Tomonlar ushbu memorandum doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida muzokaralar olib borishga kelishib oldilar.

Forum o‘z ishini bugun Samarqandda davom ettiradi. Tashrif doirasida mehmonlar qadimiy shahardagi oliy o‘quv yurtlari va tarixiy obidalar bilan tanishadilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

Мы рекомендуем

05.10.2021 / 11:10
ILMIY VА INNOVАTSION FАOLIYAT BO‘YICHА NAVBATDAGI YUTUQLARIMIZ

"...Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2020-2021 o‘quv yili yakuni bo‘yicha jami 85 ta oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarlari (prorektorlar) faoliyatini o‘rganish natijalari eʼlon qilingan edi."

04.07.2023 / 09:07
//