Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Kiber jinoyat – davr muammosi

02.12.2022 / 12:12
1713

 

Geologiya fanlari universiteti talabalarning ilm olishlari bilan bir vaqtda ularning ma’naviy axloqi, yurish-turishi universitet rahbariyati va mas’ullarning diqqat markazida.

Xalqimizda: “Bir bolaga yetti mahalla ota-onadir!” degan naql bor.

Farzand tarbiyasi, uning komil inson bo‘lib yetishishi uchun unga nafaqat ota-ona, maktabgacha ta’lim, maktab, oliy ta’lim muassasasi, balki yon-atrof, mahallaning ham roli alohida ajralib turadi.

Geologiya fanlari universiteti talabalarning ilm olishlari bilan bir vaqtda ularning ma’naviy axloqi, yurish-turishi universitet rahbariyati va mas’ullarning diqqat markazida.

Bu borada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ichki ishlar organlari, hududning mahalla oqsoqollari bilan turli mavzudagi uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning 1 dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani “Olimlar” Mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda “Kiber jinoyatni oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda bugungi kunda dolzarb muammolardan biriga aylangan, kiber jinoyat – plastik kartalardan turli yo‘llar bilan pul o‘g‘irlanishi, tovlamachiliklar xususida mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi, talabalar ham xuddi shu kabi vaziyatlarga tushgan, guvohi bo‘lgan voqealarini so‘zlab berdi.

Yig‘ilishda talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha, huquqiy javoblar berildi.

Tavsiya etamiz

23.05.2022 / 19:05
Геология фанлари университети ва мактаблар ўртасидаги ҳамкорлик доирасида ўтказилган тадбирлар бўйича бир гуруҳ ўқувчилар ва мураббийлар тақдирланди

Ёшларни етук салоҳиятли, халқаро таълим стандартлари даражасида билим олишларига замин яратиш, уларни маънан миллий руҳда тарбиялаш, бугунги тезкор ҳаётга ҳамоҳанг  ўстириш, Ёшлар сиёсатининг устувор вазифаларидан бири саналади.

16.02.2023 / 17:02
Geologiya fanlari universiteti ilmiy izlanuvchilari va professor-o'qituvchilari diqqatiga!

Geologiya fanlari universitetida ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va olimlarga Web of Science  xalqaro ilmiy resurslaridan bepul foydalanish imkoniyati taqdim etildi.  

//