Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Amaliyot 2023

06.06.2023 / 10:06
1574

 

GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI BIRINCHI KURS TALABALARI OQSOQOTA O‘QUV-DALA AMALIYOTIGA JO‘NAB KETISHDI

Geologiya fanlari universitetining  Foydali qazilma konlari geologiyasi, Neft va gaz konlari geologiyasi fakultetlari birinchi kurs talabalari “Geodeziya va topografiya asoslari” fanidan  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hududida  amaliyot o‘tayotganliklari haqida xabar bergan edik.

Bugun, joriy yilning 5 iyun kuni talabalar ushbu amaliy mashg‘ulotlarini  muvaffaqiyatli  yakunlab,  “Umumiy geologiya” fanidan amaliyot darslarini davom ettirish maqsadida Oqsoq-ota o‘quv-dala amaliyoti bazasiga jo‘nab ketishdi.

Ketish avvalida universitetning texnika xavsizligi bo‘yicha mutaxassisi tomonidan tog‘ hududlari, ehtiyot choralar, texnika xavfsilgi qoidalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

− Biz  “Geodeziya va topografiya asoslari” fanidan belgilangan amaliyotimizni yakunladik. Endi Oqsoq-otaga ketmoqdamiz. Oqsoqota o‘quv-dala poligoni haqida yuqori kursda o‘qiyotgan tengdoshlarimizdan ko‘p eshitganmiz. Hammamiz borib, o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishga shoshilyapmiz.

Bizga amaliyot davrida ustozlarimiz, psixolog hamda tyutorlarimiz hamrohlik qilishadi. Albatta, salqin tog‘ bag‘rida, ham ilm o‘rganib, ham hordiq chiqarishga nima yetsin.

Bundan tashqari Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, universitetimiz rahbariyati tomonidan manzilimizga xavfsiz yetib olishimiz uchun maxsus texnikalar hamda shart-sharoitlar bilan ta’minlangan. Buning uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Bir so‘z bilan aytganda Oqsoq-ota poligonida o‘z bilim va tajribalarimizni oshirib, mazmunli hordiq chiqarib qaytishimizga ishonaman. – deydi, universitetning birinchi kurs talabasi Z. Toshbadalov.

Tavsiya etamiz

26.04.2023 / 12:04
Bugun elimizning sevimli shoiri MUHAMMAD YUSUF tavallud topgan kun

26 aprel xalqimizning sevimli shoiri, ko‘plab ona Vatan, mehr va sadoqat, sevgi, muhabbat haqidagi samimiy she’rlar muallifi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

20.10.2022 / 15:10

“Mineral resurslar instituti” da O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

12.01.2024 / 11:01
17.02.2023 / 09:02
Iqtidorli talabalar universitetning professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy-tadqiqot institutlar rahbarlariga biriktirildi

Joriy yilning 16-fevral kuni Universitetning iqtidorli talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

//