Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Talabalardan maktub

12.01.2024 / 11:01
1037

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va universitetimiz rahbariyati!

2023-yil yakunida universitetimiz rektori Maqsud Uzoqovichning tashabbusi bilan bilan ota-onamga yuborilgan tashakkurnomani 2024-yil ˗ Yangi yil kirish arafasida sovg‘a sifatida ota-onamga topshirdim. Ushbu tashakkurnomada ota-onamga rahmat tabriklari yozilganligi bizni oilamiz bilan quvontirdi.

Albatta, 2023-yil biz talaba yoshlarga, jumladan menga juda ham omadli va muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Sababi 2023-yilda ko‘plab yutuqlarga erishdim. Jumladan, 2023-yil O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida universitet tashabbusi bilan amaliyot o‘tab, ishlashga muvaffaq bo‘ldim. Grant asosida 1 yil davomida oylik maosh oldim. Barcha fanlarimni a’lo baholarga yopib "Yil talabasi" ˗ nomdor stipendiyasiga nomzod sifatida ishtirok etdim. Bularning barchasiga ustozlarimning mehr va mahorat bilan bergan bilim va tarbiyasi nafaqat men uchun, balki ota-onam uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.

Bizlarni mana shundayi yutuqlarga erishishimizga ko‘makchi bo‘lgan Siz aziz ustozlarim va tyutorlarimga kattadan katta rahmatlar aytaman.

Ota-onamning rektorimiz yo‘llagan tashakkurnomani  o‘qishda ko‘zlaridagi quvonch va menga bo‘lgan ishonchni ko‘rishim, yanada mas’uliyat bilan bilim olishga, kelajakda professional kadr  bo‘lishimga turtki bo‘ladi. Ustozlarim va ota-onamning menga bildirgan ishonchlarini albatta oqlayman.

Hurmat bilan,

Foydali qazilma konlari geologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi Radjabov Shavkat.

 

Assalomu alaykum hurmatli va aziz ustozlar!

2024-yil ˗ yangi yilni men oilamiz bilan o‘ziga xos kayfiyatda kutib oldik. Bunda universitetimiz rektori Isoqov Maqsud Uzoqovichning ota-onamga yo‘llagan tashakkurnomalari alohida ahamiyat kasb etdi.

Ta’lim dargohi, mehnat jamoasidan u haqidagi yaxshi fikrlar ota-onaga bildirilganda, har bir ota-onaning xursandchiligini hech bir so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Bu esa insonga g‘urur va o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada orttiradi.

2023-yil menga o‘z tadbirkorligimni boshlashimda juda ham omadli yil bo‘lib keldi. Darslarimdan bo‘sh vaqtimda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, tajriba o‘rgandim, endi  o‘z tadbirkorligimni yo‘lga qo‘ymoqchiman.

Ham o‘qib, ham ish bilan mashg‘ul bo‘lishimga imkoniyat yaratib bergan universitet rahbariyati va ustozlarimizga ulkan tashakkurimni bildiraman. NGG 4-kurs talabasi Yetmishev Husanjon

Assalomu alaykum hurmatli ustozlarim va aziz tyutorim!

Men 2023-yilda Universitet Talabalar turar joyi (TTJ) da "Qizlar klubi" raisi lavozimida faoliyat yuritdim. Yana nomdor stipendiyantlikka nomzod sifatida ishtirok etdim. Barcha fanlarimni a’lo baholarga yopdim. Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruv institutida yetakchi kadr sifatida faoliyat yuritmoqdaman.

Eng quvonarlisi shaxsan universitetimiz rektori Isoqov Maqsud Uzoqovichning men haqimda ota-onamga yo‘llagan tashakkurnomalari oilamiz a’zolarini birdek mamnun qildi.

Oilamiz nomidan universitetimiz rektori, ustozlarim va tyutorimga menga bildirgan ishonchlari uchun minnatdorligimiz ulkan EVEREST cho‘qqisiga teng! Rahmat aziz ustozlarim!

NGG 3-kurs talabasi Qobilova Feruza

Yangi yilda bizning oilamiz ikki bora shodiyona nishonlashdi. Biri bayram kuni barcha oilamiz a’zolari bilan bir dasturxonda o‘tirib, yangi yilni nishonlashimiz bo‘lsa, ikkinchisi, universitetimiz rektori Isoqov Maqsud Uzoqovichning oilamizga yo‘llagan tashakkurnomani o‘qib ota-onam qanchalik faxr va g‘urur tuyganini ko‘rsangiz edi.

Barcha tengdoshlarim ota-onalarini mana shunday xursand qilishlariga tilakdoshman va buni uddasidan chiqishlariga ishonaman.

Sapoeva Ozoda FQKG fakulteti 2-kurs talabasi

Tavsiya etamiz

06.07.2022 / 20:07
28.11.2022 / 17:11
ILMIY VA INNOVATSION FAOLIYAT BO‘YICHA MUVAFFAQIYAT

Innovatsion rivojlanish vazirligi 2022 yil 21 noyabr kuni
2021-2022 o‘quv yili yakuni bo‘yicha jami 91 ta oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarlari (prorektorlar) faoliyatini o‘rganish natijalarini eʼlon qildi.

//