Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Iqtidorli talabalar universitetning professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy-tadqiqot institutlar rahbarlariga biriktirildi

17.02.2023 / 09:02
1072

Joriy yilning 16-fevral kuni Universitetning iqtidorli talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Geologiya fanlari universitetida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ilmiy va ijodiy kamol topishida ko‘maklashish, ularni alohida qo‘llab-quvvatlash – faoliyatini rag‘batlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 16-fevral kuni Universitetning iqtidorli talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rektori M.Isoqov yoshlarni har tomonlama bilimli, tanlagan sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlari uchun, avvalo o‘qib izlanishlari, shu bilan birga munosib ustozdan ta’lim olishlari asosiy omil ekanligini ta’kidladi.

Shu maqsadda iqtidorli talabalardan 35 nafarini universitetning ilmiy tadqiqot-institutlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlarga “ustoz shogird” an’analariga muvofiq biriktirildi. Bunda yoshlar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha rejalashtirgan ilmiy izlanishlarini biriktirilgan ustozlari ko‘magida olib boradilar.

Rektor taklifiga ko‘ra kelajakda universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni individual tarzda ustozlarga biriktirish ko‘lamini kengaytirish, ularning o‘qish va izlanishlarini yanada rag‘batlantirish maqsadida qo‘shimcha stipendiyalar joriy etish rejalashtirildi.

Tadbir so‘ngida magistratura talabalari uchun akademik H.M.Abdullaev hamda bakalavriatura talabalari uchun akademik I.X.Xamrabaev nomidagi stipendiyalar tanlovi g‘oliblariga guvohnomalar topshirildi.

Tavsiya etamiz

03.10.2022 / 18:10
“Xon atlas” - miliy matolar fetivali

Atlas, adras shu kabi milliy matolarimiz yorqin ranglari takrorlanmas bezaklari bilan o‘ziga maftun etadi.

20.10.2022 / 15:10

“Mineral resurslar instituti” da O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

30.09.2022 / 22:09
Korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi tubdan takomillashtirildi

 

Qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi tubdan takomillashtirildi

26.10.2022 / 10:10
Diqqat E’lon!

 

Hurmatli universitetimiz talabalari

//