Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Geologiya fanlari universiteti rektori M.U. Isoqov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Turkiya Respublikasi Anqara shahrida bo‘lib o‘tayotgan 76-geologiya kongressida ishtirok etishmoqda

01.01.1970 / 16:04
332

 

Ayni damda Geologiya fanlari universiteti rektori M.U. Isoqov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Turkiya Respublikasi Anqara shahrida bo‘lib o‘tayotgan 76-geologiya kongressida ishtirok etishmoqda. Ushbu kongress doirasida xorijiy yetakchi tashkilotlar va kompaniyalar bilan foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilish, konchilik sohasi va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashinildi.

 

 

 

 

    

Shuningdek, Turkiya Respublikasi Energetika va tabiiy resurslar vazirligi Mineral resurslarni razvedka qilish va qidirish bosh boshqarmasi (MTA) Bosh direktori Vedat YANIK bilan davra suhbatida ishtirok etildi. Davra suhbati mobaynida Geologiya fanlari universiteti rektori M.U. Isoqov universitet faoliyati yuzasidan taqdimot qildi. Taqdimotda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan universitetda amaliyotga asoslangan darslar joriy etilganligini aytar ekan, universitet tasarrufidagi to‘rtta ilmiy-tadqiqot institutlarida talabalarning bevosita amaliyot o‘tashi, kelajakda geologiya sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishiga katta zamin yaratishi ta’kidlandi.

    

Shu kuni Geologiya fanlari universiteti rektori M.U. Isoqov Anqara universiteti rektori professor Necdet Ünüvar bilan 2022-yil 25-may kuni imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumiga asosan geologiya sohasida hamkorlikda mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish, talabalar amaliyotini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish hamda universitetlar uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan bir qator yo‘nalishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

    

Uchrashuv mobaynida Anqara Universiteti rektori professor Necdet Ünüvar O‘zbekistonda so‘ngi yillarda yoshlarga bo‘lgan e’tibor hamda ularning ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar O‘zbekistonning dunyo maydonidagi nufuzini yanada ortishiga xizmat qilayotganini, Universitetlarimiz o‘rtasidagi imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasidagi hamkorlik uzoq yillar davom etishiga va geologiya sohasida katta natijalarga erishishini umid qilishini ta’kidladi. Shuningdek, Anqara Universiteti rektori professor Necdet Ünüvar tomonidan Turk va xorijiy tillarni o‘rganish va tadqiqot markazi (Türkçe ve Yabancı Dil Uygulama ve Araştırma Merkezi - TÖMER) filialini Geologiya fanlari universiteti kampusida tashkil etish taklifini bildirdi.

    

Shuning bilan tomonlar o‘zaro yaxshi tilaklar bilan ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari bir-birlarini tabriklab, esdalik uchun sur’atga tushdilar.

Tavsiya etamiz

23.05.2023 / 18:05
Maktablar bilan hamkorlik davom etmoqda

Geologiya fanlari universiteti rektori boshchiligida, prorektorlar, universitet professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy tadqiqot instituti rahbarlari, mas’ul xodimlari o‘zlariga biriktirilgan Mirzo Ulug‘bek hamda Bektemir tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida muntazam ravishda, turli mavzularda davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

27.06.2023 / 09:06
OKMK: texnogen chiqindidan yangi mahsulot

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida texnogen chiqindilardan mahsulot olish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Chiqindilarni utilizatsiya qilish va uning tarkibidan rangli va qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasi asosida yangi mahsulot olishga erishildi.

20.10.2022 / 15:10
GFU talabalari amaliyotda

Geologiya fanlari universiteti "Neft va gaz konlari geologiyasi" fakulteti talabalari 2022 yil 17-20 oktyabr kunlari geologiya va mineralogiya fanlari nomzodi PhD M.Jo‘raev  boshchiligida GMG 3 kurs talabalari  Toshkent gidrogeologik stansiyasiga amaliyot o‘tash uchun tashrif buyurdilar.

05.09.2022 / 11:09
TO'LOV-KONTRAKTNI ONLINE TO'LASH

Geologiya fanlari universiteti to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash uchun mobil ilova orqali to‘lovni amalga oshirish MEXANIZMI 

//