Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Maktablar bilan hamkorlik davom etmoqda

23.05.2023 / 18:05
1368

Geologiya fanlari universiteti rektori boshchiligida, prorektorlar, universitet professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy tadqiqot instituti rahbarlari, mas’ul xodimlari o‘zlariga biriktirilgan Mirzo Ulug‘bek hamda Bektemir tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida muntazam ravishda, turli mavzularda davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad, Oliy ta’lim muassasalari bilan maktablar o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish, yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlab borish, yuqori sinf o‘qituvchilarini pedagogik mahorat jihatidan qo‘llab quvvatlashga qaratilgan.

Joriy yilning 23 may kuni Bektemir tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablariga universitet tomonidan biriktirilgan mas’ullar tashrif buyurishdi.

Maktablarda o‘tkazilayotgan tadbirlarning aynan may oyining oxirgi sanlarida tashkil etilishi, katta hayotga endi qadam qo‘yayotgan maktab bitiruvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning o‘y-fikrlari bilan o‘rtoqlashish asosiy maqsadlardan biridir.

Bektemir tumani 346 umumta’lim maktabiga tashrif buyurgan Geologiya fanlari universiteti prorektori D. Djumabaev hamda ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L. Sharafuddinovalar maktabning qirqqa yaqin bitiruvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda D. Djumabaev maktabning so‘nggi kunlarini o‘tkazayotgan, katta hayotga qadam qo‘yish arafasida turgan yoshlarning oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishlariga, kelajakda o‘zlari tanlagan kasbning yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga tilak bildirdi.

Shu bilan birga, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada alohida bir bobning oila, bolalar va yoshlar masalasiga bag‘ishlangani, yoshlar huquqlarini himoya qilishga doir o‘zgarish va yangilanishlar bugungi yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Davra suhbatida, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya va unga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng Geologiya fanlari universitetida o‘qish istagini  bildirgan yoshlar uchun universitet faoliyati, unda yaratilgan shart-sharoitlar, fan dasturlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tavsiya etamiz

16.11.2022 / 17:11
GFU-MGU qo‘shma dasturi talabalari tomonidan “Rus tili va geologiya” mavzusida rus tilidan ijodiy dars tashkil etildi

Tadbirda Geologiya fanlari universiteti prorektorlari, dekanlar, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, bo‘limlar, qo‘shma ta’lim dasturi talabalarining ota-onalari hamda Geologiya fanlari universitetining 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

14.01.2022 / 14:01
семинар-тренингнинг

Геология фанлари университетида ўқув жараёнини ташкил этишга масъул бўлган бўлимлар иштирокида навбатдаги семинар-тренинг бўлиб ўтди.  ...

//