Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Belarus milliy texnika universiteti bilan ham 1+1 ikki diplomlik qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi

23.01.2024 / 18:01
586

Belarus milliy texnika universiteti bilan ham 1+1 ikki diplomlik qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi



O'tgan 2023-yilning 23-26-oktabr kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Belarus oliy ta’lim muassasalarining “XII-Muhandislik-texnologik yo‘nalishidagi ittifoqdosh davlatlar OTMlarining Forumi” da Geologiya fanlari universiteti (GFU) bilan Belarus milliy texnika universiteti (BMTU) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Bugun 23-yanvar kuni ushbu memorandum doirasida ikki oliy ta’lim muassasalari tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar va istiqboldagi rejalar xususida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda magistratura talabalari uchun 1+1 ikki diplomlik qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish bo‘yicha muzokara olib borildi. BMTU vakillariga ko‘ra qo‘shma ta’lim dasturida magistrlar BMTU o‘quv rejasi asosida dastlabki birinchi yil GFU da, ikkinchi yili esa BMTU da tahsil olishlari taklif etildi.

Shu bilan birga GFUning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori L.Sharofutdinova tomonidan ikki oliy ta’lim muassasalari axborot resurslarini integratsiya qilish taklifi ilgari surildi va ijobiy kelishuvga erishildi.

Muzokara yakunida tomonlar bir-birlariga minnatdorchilik bildirib, o‘z oliygohlariga taklif etishdilar.


 

 





Tavsiya etamiz

29.09.2022 / 09:09
O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari

“O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim hujjatlarni o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida”

23.08.2023 / 17:08
22.09.2022 / 18:09
Team building

DIQQAT E’LON!!!

14.10.2022 / 14:10
Zamonaviy gidrogeologik, muhandis-geologik va geoekologiyaga bag'ishlangan anjuman

Anjumanda gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi hamda geoekologiya yo‘nalishlaridagi dolzarb muammolar, tabiiy global o‘zgarish va texnogen sharoitlarning gidrogeologik muhitga, yer osti suvlariga ta’siri, ularni hal etish yo‘llari muhokama etildi

//