Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

12.05.2023 / 09:05
1896

 Bugun tarixiy va madaniy meroslarga boy go'zal Samarqand shahrining “SOF EXPO SAMARQAND“ xalqaro ko'rgazmalar markazida “WORLD EDU-2023” xalqaro oliy ta'lim muassasalari ko'rgazmasi o'z ishini boshladi. Ushbu ko'rgazmaga yurtimizda faoliyat olib borayotgan yuzga yaqin nufuzli oliy ta'lim muassasalari, xorijiy universitetlarning respublikamizda faoliyat olib borayotgan filiallari hamda xususiy oliy ta'lim muassasalar o'z faoliyatlari, o'quv dasturlari bilan qatnashmoqdalar.

E'tiborlisi, “SOF EXPO SAMARQAND“ xalqaro ko'rgazmalar markazi zamonaviy talablarga mos ravishda, har bir oliy ta'lim muassasalari barcha qulayliklar yaratilgan alohida pavilonlarga joylashtirilgan.

Ko'rgazmada Geologiya fanlari universiteti rektori M. Isoqov boshchiligida universitet mas'ullari universitet dasturlari, xalqaro qo'shma dasturlari hamda yaratilgan shart-sharoitlari bilan ko'rgazmali, taqdimot materiallari bilan qatnashmoqdalar.

        Xalqaro darajadagi ushbu ko'rgazmaga respublikamizning yaqin viloyatlari, tumanlarda tahsil olayotgan maktab bitiruvchilari, oliy ta'lim, maktabgacha, maktab ta'lim muassasalar o'qituvchilari o'zlarini qiziqtirgan oliy ta'lim muassasalari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurishgan.

 

− Biz Nurobod tumani 1 maktabdan ustozlarimiz, ota-onalarimiz bilan keldik, ushbu ko'rgazmani bizga yoqqan jihati, biz hujjat topshirishimiz mumkin bo'lgan universitetlar va tayyorlanishimiz kerak bo'lgan fanlar haqida to'liq ma'lumotga ega bo'ldik. – deydi forum ishtirokchilaridan biri.

− Xalqaro ta'lim forumi har jihatdan sifatli tashkil etilgan, ushbu nufuzli ko'rgazmada Geologiya fanlari universiteti ham qatnashayotganligidan juda mamnunmiz.

Ta'lim forumining ahamiyatli jihati, respublikamizda faoliyat olib borayotgan nufuzli oliy ta'lim muassasalari shu bilan birga Qozog'iston, Qirg'iziston oliy ta'lim muassasalari ham qatnashmoqdalar.

Quvonarlisi, xalqaro ko'rgazma doirasida tashkil etilgan konferentsiyada oliy ta'lim muassasalari, xorijiy oliy ta'lim muassasalari rektorlari, mutaxassislar o'zlarining tajribalari bilan fikr almashishmoqdalar.

O'ylaymanki, bu kabi ko'rgazmalar, forumlar yurtimizda ta'lim tizimini yanada rivojlanishiga, yoshlarimizni o'zlari xohlagan OTMlarini tanlashlariga, ular haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishlariga katta imkoniyat yaratadi, - deydi Geologiya fanlari universiteti rektori M. Isoqov.

Eslatib o'tamiz, “WORLD EDU-2023” xalqaro ta'lim ko'rgazmasi 12 maygacha davom etadi. Unda nafaqat ta'lim muassasalari, balki mahalliy va xorijiy yirik sanoat korxonalari ham mavjud ish o'rinlari hamda o'zlariga zarur zamonaviy bilimlarga ega kadrlar bo'yicha takliflari bilan ham ishtirok etmoqdalar.

Tavsiya etamiz

29.08.2022 / 20:08
Sirtqi ikkinchi oliy taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon suhbatlari!

Bugun Geologiya fanlari universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olishga hujjat topshirgan talabgorlarga imtihon suhbatlari jarayonlari bo'lib o'tdi.

31.08.2023 / 18:08
15.04.2023 / 17:04
Hayotingizda ko‘p kerak bo‘luvchi 16 ko‘nikma

Hayotdagi eng yaxshi narsalar bepul bo‘lishi mumkin, biroq ularga erishish uchun ko‘p vaqt, kuch-g‘ayrat va qat’iylik kerak bo‘ladi. BusinessInsider shakllantirish biroz qiyin bo‘lsa-da, zarur hisoblangan 16 ko‘nikma bilan bo‘lishdi.

//