Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

8-dekabr - O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

06.12.2023 / 18:12
874

8-dekabr ˗ mustaqil, demokratik respublikamizning asosiy Qonuni ˗ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Geologiya fanlari universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni universitet rektori, geologiya-mineralogiya fanlari doktori Maqsud Isoqov ochib, fuqarolarning eng muhim orzu-intilishlari va maqsadlari asosiy qonunimiz – Konstitutsiyada to‘liq ifoda etilgani,  yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasini ifoda etgan xalqchil hujjat bo‘lib,  unda belgilangan har bir modda inson sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklarining kafolati e’kanligini ta’kidladi.

Bayramga taklif etilgan mehmon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huquqiy media markazi bo‘limi boshlig‘i, siyosat fanlari doktori G‘olibjon Mahammadjonov Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi hamda Yangi tahrirdagi Konstitutsiya uning fuqarolarimiz, dunyo maydonidagi huquqiy o‘rni xususida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar asosiy Qomusimiz ˗ Konstitutsiyaning tezkor va globallashuv jarayonida dunyo maydonida o‘z so‘zi va qudrati, inson hayotidagi huquqiy o‘rni beqiyos ekanligini e’tirof etdilar.

Bayram munosabati bilan universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlar ilmiy xodimlari hamda Akademik Ibroxim Xamrabaev nomidagi stipendiyani g‘olibi bo‘lgan talabalar esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qism madaniyat markazi rahbari yakkaxon xonanda Muhammadxon Xo‘janov ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

 

 

Tavsiya etamiz

07.10.2022 / 10:10
“TALABA XAVFSIZLIGI”

 

GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETIDA “TALABA XAVFSIZLIGI OYLIGI MUNOSABATI BILAN DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

30.09.2022 / 14:09
Geologiya fanlari universiteti rektori tabrigi

 

Assalomu alaykum aziz ustozlar, hurmatli hamkasblar!

30.03.2023 / 10:03
Kiber jinoyat – davr muammosi

Ma’lumki dunyoda daqiqalar sayin rivojlanib borayotgan internet olami va axborot texnologiyalari taraqqiyoti qanchalik yumishimizni osonlashtiribgina qolishi bilan birga, zararli oqibatlari ham yonma-yon rivojlanmoqda.

//