Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Tanishuv haftaligi

11.09.2023 / 16:09
1106

Yangi o'quv yili

Ma’lumki, shu kunlarda respublikamizda faoliyat olib borayottgan barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining ilk haftasi – “Tanishuv haftaligi”yakunlanib, yillik rejaga binoan odatiy o‘quv jarayonlari boshlandi.

Geologiya fanlari universitetida ham  tanishuv haftaligi  talaba-yoshlar bilan qizg‘in, mazmunli tashkil etildi.

Xususan universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, tarix fanlari doktori M. Xaydarov tomonidan yurtimizning qadim tarixi, jadidlar tarixi, mustaqillikka erishish yillarimiz hamda bugun, Yangi O‘zbekistonning dunyo maydonida tutgan o‘rni, islohotlar, erishilayotgan tarixiy yutuqlarimiz to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Haftalik davomida universitetning ko‘p yillik tajribaga ega geolog olimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqot institutlari geologlari, mutaxassislari tomonidan esa geologiya tarixi, fanning ahamiyati, jamiyat iqtisodiyotida tutgan o‘rni bilan talabalar tanishtirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi, Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi, universitet profilaktika inspektori hamda mas’ullar tomonidan talabalarga ichki tartib va “Odob axloq” qoidalari eslatib o‘tildi, shu bilan birga universitet kampusi hududi yaqindan tanishtirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun talabalarning sifatli bilim olishlari uchun oliy ta’lim muassasalarida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yoshlarimizdan ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, o‘qib-izlanib tanlagan sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga ishonamiz.

Tavsiya etamiz

18.04.2023 / 17:04
Xalqaro hamkorlik

2+2 dasturi doirasida

02.12.2022 / 12:12
Kiber jinoyat – davr muammosi

 

Geologiya fanlari universiteti talabalarning ilm olishlari bilan bir vaqtda ularning ma’naviy axloqi, yurish-turishi universitet rahbariyati va mas’ullarning diqqat markazida.

07.10.2022 / 14:10
Talabalar diqqatiga!!!

“BO‘LAJAK OLIM”

Geologiya fanlari universitetining Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi ikkita ijodiy tanlovdan iborat “Bo‘lajak olim” super-tanlovlarini e’lon qiladi.

//