Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

GFU universitetida “Ma’rifat ulashib” madaniy-ma’rifiy tadbiri

24.04.2024 / 20:04
107

Bugun Geologiya fanlari universitetida (GFU) “Ma’rifat ulashib” nomli muhim madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir universitet talabalari va o‘qituvchilarini adabiyot va she’riyat sohasida bilim va tajriba almashish maqsadida birlashtirdi.

Tadbirda taniqli shoirlar Nuriddin Aminjonov va Chorsham Ro‘zievlar o‘z ijod namunalari bilan ulashib, yig‘ilganlar bilan ochiq muloqotda bo‘lishdi. Tarjimalari va muharrirligi bilan keng tanilgan Nuriddin Aminjonov zamonaviy dunyoda adabiyotning ahamiyati haqidagi hikoyalari bilan yoshlarni ilhomlantirdi. Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Do‘stlik” o‘rdeni sohibi,  Chorsham Ro‘ziev lirikasiga ona yurtga bo‘lgan sog‘inch, muhabbat tuyg‘ulari singib ketgan shoir bo’lgani sababli ushbu g’oyalar uning bugungi nutqida o‘z ifodasini topdi.

“Ma’rifat ulashib” shunchaki tadbir emas, balki ilm va hikmatni targ‘ib qilishga da’vatdir. GFU talabalari va o‘qituvchilari muhokamalarda faol ishtirok etib, savollar berib va taqdim etilgan mavzular bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga hissa qo‘shishi, madaniyat va ta’lim bir-biriga uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi. Shuningdek, milliy adabiyot va she’riyatni O‘zbekiston madaniy merosining ajralmas qismi sifatida asrab-avaylash va rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz

05.09.2022 / 11:09
TO'LOV-KONTRAKTNI ONLINE TO'LASH

Geologiya fanlari universiteti to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash uchun mobil ilova orqali to‘lovni amalga oshirish MEXANIZMI 

25.08.2023 / 18:08
15.10.2021 / 11:10
Yoshlarga yot g‘oyalarga qarshi tushunchalar berildi

"Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hozir ko‘plab ekstremizmning turli ko‘rinishlarini o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalikni tiklash kabi g‘oyalar singdirlib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga jalb qilinmoqda. Giyohvandlikni targ‘ib qilib, yoshlar ongini buzishga urinishlar bo‘lmoqda."

30.09.2022 / 17:09
Geologiya fanlari universiteti talabalari amaliyotda

 

TALABALAR RESPUBLIKAMIZDAGI YIRIK OLTIN KONLARI HAMDA NEFT GAZ KOMPLEKSLARIDA AMALIYОT O‘TAMOQDALAR

//