Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Yoshlarga yot g‘oyalarga qarshi tushunchalar berildi

15.10.2021 / 11:10
2987

"Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hozir ko‘plab ekstremizmning turli ko‘rinishlarini o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalikni tiklash kabi g‘oyalar singdirlib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga jalb qilinmoqda. Giyohvandlikni targ‘ib qilib, yoshlar ongini buzishga urinishlar bo‘lmoqda."

Yoshlarga yot g‘oyalarga qarshi tushunchalar berildi

Toshkent shahar yoshlar markazida Geologiya fanlari universiteti tomonidan yoshlar uchun "Diniy ekstremizm va giyohvandlikka qarshimiz!" mavzuida tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi, Olmazor tuman IIB, Yoshlar ittifoqi, tibbiyot xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etgan tadbirda diniy ekstremizm va giyohvandlikning ayanchli oqibatlari, mazkur jinoyatlardan qanday ogoh bo‘lish va uning oldini olish borasida fikr-mulohazalar yuritildi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hozir ko‘plab ekstremizmning turli ko‘rinishlarini o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalikni tiklash kabi g‘oyalar singdirlib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga jalb qilinmoqda. Giyohvandlikni targ‘ib qilib, yoshlar ongini buzishga urinishlar bo‘lmoqda.

Tadbir davomida yuqorida qayd etilgan holatlarda hushyorlikni qo‘ldan boy bermaslik, hamisha ogoh bo‘lib yashash xususida maslahatlar berildi. Turli voqealar bilan hayotiy misollar keltirildi.


– O‘qigan manbalarimga ko‘ra, hozir terrorizmga qarshi kurashishda mamlakatimiz AQSH, Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo respublikalari va boshqa qator mamlakatlar bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda,–dedi Geologiya fanlari universiteti talabasi G‘olibbek Dilmurodov.–Jamiyatimizda diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishi va giyohvandlikning oldini olishda profilaktik va tushuntirish ishlari saviyasi hamda taʼsirchanligini tizimli ravishda kuchaytirish biz yoshlar bu boradagi yana-da ko‘proq maʼlumotlarga ega bo‘lishimizni taʼminlaydi. Mazkur tadbir davomida ham biz diniy ekstremizm va giyohvandlik borasida ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘ldik. Keltirilgan misollar orqali ushbu jinoyatlarga qarshi maʼnaviy tajribamizni oshirdik.

Tadbir so‘nggida talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

  O‘zA

Tavsiya etamiz

27.01.2022 / 14:01
АҚШнинг Вайоминг университети билан ҳамкорлик

Геология фанлари университетида АҚШнинг Вайоминг университети вице-проректори А.Хелфготт бошчилигидаги делегация аъзолари билан учрашув бўлиб ўтди.

30.08.2022 / 10:08
Magistratura  qabul natijalari e'lon qilindi!

2022-2023-yil uchun Magistratura  qabul natijalari e'lon qilindi!

16.10.2023 / 11:10
27.09.2022 / 15:09
Diqqat E'lon !!!

“Талабаликка бағишлов” ва 1-октябрь “Устозлар ва мураббийлар” куни

//