Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Maktablar bilan hamkorlik

23.02.2023 / 18:12
2779

Avval xabar berganimizdek, Geologiya fanlari universiteti Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan bir qator umumtaʼlim maktablari, ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktablari bilan maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy – metodik 

Avval xabar berganimizdek, Geologiya fanlari universiteti Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan bir qator umumtaʼlim maktablari, ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktablari bilan maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy – metodik yordam ko‘rsatish maqsadida muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Ayniqsa universitetning umumtaʼlim fanlari kafedrasi dotsentlari F. Ibragimov, E. Normatovlar tomonida matematika fani o‘qituvchilariga metodik yordam ko‘rsatish va ularning malakasini oshirib borish maqsadida tashkil etilgan metodik seminarlari, fan o‘qituvchilarining malakasini oshirib borishlari, o‘quvchilarni matematika fani olimpiadalariga puxta tayyorlashda, oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida ahamiyatlidir.

Shu yilning 6 dekabr kuni universitet dotsentlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi, “Nostandart tenglamalarni yechish usullari” mavzusidagi seminari Mirzo Ulug‘bek tumanining barcha matematika fani o‘qituvchilari uchun birdek manzur bo‘ldi.

Hamkorlik doirasida bu kabi seminarlar muntazam o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

21.11.2022 / 12:11
Talabalik oltin davrim!

2022-yil 17-noyabr kuni Toshkent shahar Yoshlar markazida tashkil etilgan “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan “Talabalik oltin davrim” shoiri ostidagi bayram dasturida Geologiya fanlari universiteti talabalari faol ishtirok etdilar.

 

15.12.2022 / 18:12
Talabalarga yong‘in xavfsizligi va uni bartaraf etish bo‘yicha ma’lumotlar berildi

 

Tadbirda mutaxassislar tomonidan ko‘rgazmali qurollar yordamida yong‘in xavfsizligi va uni bartaraf etish qoidalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

//