Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

05.07.2023 / 17:07
882

Korrupsiyaga - rivojlanish to'sig'idir!

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

Etimologik jihatdan “korrupsiya” - lotincha “corruptio”, ya’ni “buzish, sotib olish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’nolarni anglatadi.

Korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish demakdir.

Ma’lumki, korrupsiya o‘ziga tamagirlikni qamrab olgan holda jamiyatning ma’naviy ustunlari hamda demokratiyani yemirib, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy taraqqiy etishi uchun ulkan xavf tug‘diradi.

                Shunday ekan, ish joyimizda korrupsiyani oldini olish va unga barham berish uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak bo‘ladi.

           Geologiya fanlari universitetida korrupsiya holatlari haqida xabardor bo‘lsangiz yoki buning guvohi bo‘lsangiz ISHONCH TELEFONI - 712090591 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki   anticorruption @ uzgeouniver.uz  elektron pochta orqali xabar berishingiz mumkin.

Korrupsiya holatlari bo‘yicha xabar bergan shaxs to‘g‘risida hech kimga oshkor etmaslik va sir saqlanishi  kafolatlanadi.

 

Qo‘ldashev Rustamjon Maxmudovich

Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini

boshqarish bo‘limi boshlig‘i

Tavsiya etamiz

24.07.2022 / 12:07
Geologiya fanlari universiteti jamoasi muhtaram Prezidentimizni tavallud topgan kuni bilan chin dildan muborakbod etadi.

Vatan tinchligi, ravnaqi, uning jahon miqyosidagi nufuzi uchun fidoiy insonlar doim el-yurt ardog‘ida bo‘lishgan. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich o‘z xizmatlari, jonkuyarligi va sadoqati bilan xalqimizning  ulkan  ehtiromga sazovor bo‘lib kelayotgan yurt farzandi. 

09.08.2023 / 18:08
24.11.2023 / 17:11
G‘alaba muborak

GFU 5:3 INHA

02.12.2022 / 12:12
Kiber jinoyat – davr muammosi

 

Geologiya fanlari universiteti talabalarning ilm olishlari bilan bir vaqtda ularning ma’naviy axloqi, yurish-turishi universitet rahbariyati va mas’ullarning diqqat markazida.

//