Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Chexiyalik mutaxassislar Geologiya fanlari universitetida

21.11.2022 / 09:11
2037

 

Ushbu ilmiy uchrashuvda Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi janob Vaslav Yilek ikki tomonlama hamkorlik xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi savdo iqtisodiy, ilmiy-amaliy hamkorliklar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashi hamda manfaatli ekanligini taʼkidladi.

Joriy yilning 21 noyabr kuni Davlat geologiya qo‘mitasi Geologiya fanlari universiteti anjumanlar zalida “GIDROINGEO instituti” davlat muassasasi (DM) tomonidan Chexiya Respublikasi Geotest a.s. mutaxassisi, DSc, professor Pavel Blaha "Chexiya Respublikasi ilmiy-tadqiqotlardagi birinchi tajribalar va yer osti qurilish ishlarida geofizik usullar" mavzusida master-klass tashkil etildi.

Tadbirni Geologiya fanlari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R.Xalmatov ochib berdi va "GIDROINGEO instituti" DM ning Chexiya Respublikasi Geotest a.s. bilan muhandis-geofizik sohasida uzoq yillardan buyon ikki tomonlama hamkorlikda bajarib kelayotgan samarali ishlari xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ushbu ilmiy uchrashuvda Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi janob Vaslav Yilek ikki tomonlama hamkorlik xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi savdo iqtisodiy, ilmiy-amaliy hamkorliklar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashi hamda manfaatli ekanligini taʼkidladi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Yuqori texnologiyalar markazi vakili hamda Davlat geologiya qo‘mitasi tizimosti korxonalari soha mutaxassislari, Geologiya fanlari universiteti talabalari ishtirok etdilar.

Tavsiya etamiz

12.05.2023 / 09:05

 Bugun tarixiy va madaniy meroslarga boy go'zal Samarqand shahrining “SOF EXPO SAMARQAND“ xalqaro ko'rgazmalar markazida “WORLD EDU-2023” xalqaro oliy ta'lim muassasalari ko'rgazmasi o'z ishini boshladi. Ushbu ko'rgazmaga yurtimizda faoliyat olib borayotgan yuzga yaqin nufuzli oliy ta'lim muassasalari, xorijiy universitetlarning respublikamizda faoliyat olib borayotgan filiallari hamda xususiy oliy ta'lim muassasalar o'z faoliyatlari, o'quv dasturlari bilan qatnashmoqdalar.

16.12.2022 / 11:12
Akademik H.M.Abdullayev va I.X.Xamrabayev nomidagi stipendiyalar tanlovining natijalari e’lon qilindi.

 

Geologiya fanlari universitetida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ilmiy va ijodiy kamol topishida koʻmaklashish, ularni alohida qoʻllab-quvvatlash (jumladan, faoliyatini ragʻbatlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash) maqsadida magistratura talabalari uchun akademik H.M.Abdullayev va bakalavriatura talabalari uchun akademik I.X.Xamrabayev nomidagi stipendiyalar tanlovi natijalari Universitet Kengashi tomonidan ma’qullandi va g’oliblar aniqlandi.

14.01.2022 / 14:01
семинар-тренингнинг

Геология фанлари университетида ўқув жараёнини ташкил этишга масъул бўлган бўлимлар иштирокида навбатдаги семинар-тренинг бўлиб ўтди.  ...

//