Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Ziyolilar oilasi “Ziyolilar” loyihasining ikkinchi mavsumiga start beradi

02.05.2024 / 12:05
71

Ziyolilar oilasi “Ziyolilar” loyihasining ikkinchi mavsumiga start beradi

Siz O‘zbekistonning “Eng kuchli top 100”  talabalari ro‘yxatida bo‘lishni xohlaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun! 

Birinchi mavsumidayoq ko‘plab yoshlarda katta qiziqish uyg‘otgan “Ziyolilar” loyihasining 2-mavsumi boshlanmoqda. “Ziyolilar” loyihasi “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi loyihasidir. Ushbu loyiha yil davomida fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda o‘zini ko‘rsatgan va yuqori natijalarga erishgan O‘zbekistonning 100 nafar eng yaxshi talabalarini o‘zida birlashtiradi.

Ushbu loyiha O‘zbekistonning yosh avlodini qo‘llab-quvvatlash va o‘z maqsad va orzulariga erishishga undash maqsadida yaratilgan. Loyihada ishtirok etish orqali siz o‘zida fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda o‘zini ko‘rsatgan O‘zbekistonning eng kuchli 100 nafar talabalaridan iborat “O‘zbekiston talabalari almanaxi”ga kirishingiz, maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar sohibi bo‘lishingiz mumkin.

Shunday ekan, “Ziyolilar” loyihasi ishtirokchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bizning ziyolilar.com veb-saytimiz orqali ro‘yxatdan o‘ting va bilim va imkoniyatlarning yangi marralarini zabt eting!

Tavsiya etamiz

19.01.2022 / 12:01
Имкониятингизни қўлдан бой берманг!!!

Геология фанлари университети бакалавриат талабалари учун И.Х. Хамрабаев номидаги стипендия ва магистратура талабалари учун эса Х.М. Абдуллаев номидаги стипендия танловлари ҳақида маълум қилади. 

30.11.2023 / 18:11
04.10.2022 / 12:10
Talabalar diqqatiga!

📢Talabalar diqqatiga!

📣Hurmatli talabalar!

📚Geologiya fanlari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘limi kunduzgi taʼlimda tahsil olayotgan barcha talabalar uchun oktyabr oyidan tanlovlar mavsumini eʼlon qiladi!

 

02.02.2023 / 18:02
Maktablar bilan hamkorlik davom etmoqda

 

Toshkent tumanida joylashgan 2 sonli kasb-hunar  maktabi pedagoglari va mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi.

//