Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga xujjat topshirgan abiturientlarni o‘qishga qabul qilish tartibi.

08.09.2022 / 21:09
1497

2022-2023 o‘quv yilida Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga xujjat topshirgan abiturientlarni o‘qishga qabul qilish tartibi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat grant bo‘yicha minimal o‘tish bali  68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali - 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30 %) etib belgilandi.

Bunda, oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat grant asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2022 yil 15 iyundagi PQ-279-son qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abiturientlarga test sinovi toshpiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash huquqi berilgan.

2022/2023  o‘quv yilida test sinovlari natijalari bo‘yicha davlat granti ustuvorligi asosida tanlovlarni o‘tkazishning umumiy tartibi kuyidagicha amalga oshiriladi:

abiturientning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan ikkinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

abiturientning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan uchinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

abiturientning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi va ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan to‘rtinchi va beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

abiturientning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi-uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan to‘rtinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

abiturientning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi-to‘rtinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va uning test sinovi natijalari faqat beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi;

abiturientning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida yuqoridagi ketma-ketlik bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi;

 Test sinovlari natijalari bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt ustuvorligi asosida tanlovlarni o‘tkazishning umumiy tartibi quyidagicha amalga oshiriladi.

Abiturientning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan ikkinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

abiturientning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul kilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi. Bunda abiturientga tanlagan uchinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

abiturientning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi va ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari faqat uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi. Bunda abiturientka tanlagan to‘rtinchi va beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

abiturientning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi-uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan to‘rtinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari faqat to‘rtinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi. Bunda abiturientta tanlagan beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

abiturientning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi-to‘rtinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari faqat beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi;

       abiturientning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning test sinovi natijalari birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi.

       Yoshlarning o‘qishi uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida, istisno tariqasida:

oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun topshirgan test sinovlari natijasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlarga ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi yoki beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat beriladi. Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov bo‘yicha birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abiturientlarning to‘plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abiturientlarning arizalariga muvofiq, to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi;

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun topshirgan test sinovlari natijasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarga o‘z hohishlariga ko‘ra, ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga faqat to‘plagan bali birinchi ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lganda ruxsat berilsin.

Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov bo‘yicha ikkinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining birida e’lon qilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra abiturientlarning to‘plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abiturientlarning arizalariga muvofiq, to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

2022/2023 o‘quv yili qabul uchun tasdiqlangan Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizig‘i chegarasigacha yetarli ball to‘play olmagan abiturientlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt mikdoriga nisbatan quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha kabul parametrlari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abiturientlar uchun - bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun - bazaviy to‘lov-kontrakt miqsorining 2,0 barobari;

2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun - bazaviy to‘lov-kontrakt mikdorining 2,5 barobari;

3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun-bazaviy to‘lov-kontrakt mikdorining 3,0 barobari.

Bunda, ushbu toifadagi abiturientlar uchun to‘lov-kontraktning minimal mikdorlarini hisoblashda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llaniladi hamda abiturientlarga, istisno tariqasida, 2022/2023 o‘quv yili uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqsoriga 10 foizli chegirma beriladi.

Tavsiya etamiz

04.11.2022 / 09:11
“Zakovat” intellektual o‘yinida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar grant loyihalarga ishga qabul qilinadi

 

Joriy yilning 3 noyabr kuni Geologiya fanlari universitetida ushbu loyiha doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda 150 ga yaqin talabalar 23 ta guruhga bo‘linib, 4 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashdilar.

25.04.2023 / 17:04
UNIVERSITETDA TO‘GRAKLAR SONI IKKI BAROBARGA OSHIRILDI

Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir

04.03.2023 / 17:03
“Bilimlar bellashuvi”ning saralash bosqichi o‘tkazildi.

2-aprel “Geologlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va Geologiya fanlari universiteti talabalari o‘rtasida “Bilimlar bellashuvi” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

//