Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

GFU professor-o’qituchilari va ilmiy xodimlar Janubiy Koreyada bo’lib qaytdi

18.10.2023 / 17:10
564

GFU professor-o’qituchilari va ilmiy xodimlar Janubiy Koreyada bo’lib qaytdi

Geologiya fanlari universitetida professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar  malakasini oshirib borish maqsadida, xorijiy davlatlarga konferensiyalarda ishtirok etishi, malaka oshirishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan,  joriy yilning  4-14-oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Sonnam shahrida o‘tkazilgan   «Environmental & Social Impact Managment in Mining Sector for Sustainable Energy and Resources - Barqaror energiya va resurslarni rivojlantirish uchun tog'-kon sanoatida ekologik va ijtimoiy ta'sir» mavzusidagi trening-kursda  universitetning “Mineralogiya, petrografiya va geokimyo” kafedrasi o‘qituvchisi X.Isaxodjaev,  “Neft va gaz konlarini geologiya va qidiruv instituti” davlat muassasasi kichik ilmiy xodimi R.Fozilov, H.Abdullaev nomidagi Geologiya va geofizika instituti kichik ilmiy xodimi I.Nurmuxamedovlar muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytishdi.
Ma’lum qilinishicha, xalqaro darajada tashkil etilgan ushbu trening-kursga xorijning 6 ta davlatidan 20 yaqin geolog, ekolog olimlar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etgan.

Tavsiya etamiz

31.08.2023 / 18:08
16.12.2022 / 11:12
Akademik H.M.Abdullayev va I.X.Xamrabayev nomidagi stipendiyalar tanlovining natijalari e’lon qilindi.

 

Geologiya fanlari universitetida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ilmiy va ijodiy kamol topishida koʻmaklashish, ularni alohida qoʻllab-quvvatlash (jumladan, faoliyatini ragʻbatlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash) maqsadida magistratura talabalari uchun akademik H.M.Abdullayev va bakalavriatura talabalari uchun akademik I.X.Xamrabayev nomidagi stipendiyalar tanlovi natijalari Universitet Kengashi tomonidan ma’qullandi va g’oliblar aniqlandi.

17.01.2022 / 18:01
Университет янги биносида умумтаълим мактаблари ўқитувчилари учун навбатдаги ўқув-услубий семинар ташкил этилди

"...Университет томонидан Мирзо Улуғбек туманида жойлашган барча умумтаълим мактаблари математика фани ўқитувчилари учун 2020 йилдан буён мунтазам равишда ўқув-услубий семинарлар ўтказилиб келинмоқда."

19.07.2022 / 10:07

Universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari Ural davlat konchilik universitetida malaka oshirmoqdalar

Shu yilning 18 iyul kunidan Geologiya fanlari universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va Mineral resurslar institutining ilmiy xodimlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida joylashgan Ural davlat konchilik universiteti (UGGU) da malaka oshirish dasturi bo‘yicha o‘quv kursini boshladilar.

//