Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Geologiya fanlari universitetida ilk bor xorijiy professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligi yo‘lga qo‘yildi.

25.03.2024 / 20:03
255

Geologiya fanlari universitetida ilk bor xorijiy professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligi yo‘lga qo‘yildi.

Geologiya fanlari universiteti (GFU) hamda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh texnologiya universiteti (O‘shTU) o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan, joriy yil 11-15-mart kunlari O‘shTU katta o‘qituvchisi Panfilenko Tatyana Gayratovna (“Janubiy Qirg‘iziston geologik ekspeditsiyasida 20-yildan ziyod ish tajribasiga ega, 100 dan ortiq geologik hisobotlar, ilmiy maqolalar hamda nashrlar muallifi. Hozirda O‘sh texnologiya universitetida ma’ruza mashg‘ulotlarini olib boradi hamda davlat darajasidagi ekologik loyihalarda faol ishtirok yetadi.”)  GFUninig “Foydali qazilma konlari geologiyasi” kafedrasida “Ma’danli konlar geologiyasi” fanidan 4 bosqich talabalari uchun ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bordi.

Shartnomaning keyingi bosqichini amalga oshirish maqsadida, joriy yil 01-12-aprel kunlari GFUning “Umumiy geologiya” kafedrasi o‘qituvchisi Raximov Baxrom Tursoatovichni (“2013-yilda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi qoshidagi  “Markaziy GGE” DK sining Qidiruv partiyasida boshlagan, 4-yil mobaynida “Regionalgeologiya” DUKningMarkaziy GGE Geokimyo dala partiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Mehnat faoliyati davomida Olmaliq ma’dan maydonida Urgazsoy, Shovgazsoy va Abjazsoylarda, Markaziy qizilqumdagi Tomditov, Aristantov va Bukantovda olib borilgan geologik xaritalash loyihalarida ishtirok etgan”) O‘shTUga (O‘sh sh., Qirg‘iziston Respublikasi) 4 bosqich talabalari uchun “Ma’danli maydonlar va konlarni geoxaritalash” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borish maqsadida akademik mobilligi rejalashtirilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

14.04.2023 / 17:04
14.02.2023 / 12:02
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi

Bugun  o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

02.12.2022 / 12:12
“Yashil makon” – tabiatga g‘amxo‘rlik

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har yilgi an’anaga aylangan ushbu loyiha yurtimiz ko‘chalarini yanada obod qilish, transport, turli ishlab chiqarish korxonalaridan ajraladigan zaharli moddalarning tabiatga tarqalishini oldini olish, bir so‘z bilan aytgan tabiatni asrash, inson salomatligini yaxshilashga qaratilgan.

//