Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Universitetim − mening faxrim

22.11.2021 / 17:11
8642

"...Moskva universiteti va Ural davlat konchilik  universitetlari bilan 2+2 formati dasturlar shartnomasini imzolashga muvaffaq bo‘ldi."

Universitetim − mening faxrim

         Insoniyat borki, turmush tarzi, oilaviy muhiti va o‘zining tabiiy zehniga qarab bolalikdan o‘zi qiziqqan narsalarga intiladi, yillar o‘tib ushbu hoxish to‘g‘ri yo‘naltirilsa o‘ylaymanki, shubhasiz kasbga aylanishi mumkin.

      Meni ham hoxish istaklarim Geologiya fanlari universitetiga yetakladi. Maʼlumki yurtimiz yer osti va yer usti zaxira boyliklariga ega davlatlar qatorida yetakchi o‘rinlarda turadi.

Bizning universitetimiz esa yer osti boyliklari, suv zaxiralarini  o‘rganish  va qidirish, ularni qazib olishning zamonaviy texnologiyalarini o‘rgatadi. Geologiya fanlari universiteti tashkil topganiga hali ko‘p bo‘lmaganligi bois,  universitet haqida ko‘proq maʼlumotlar bilmagan tengdoshlarimga shuni aytmoqchimanki, universitetimiz tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa ham juda katta imkoniyatlar va yutuqlarga erishib kelmoqda.

       Geologiya fanlari universiteti 2020 yil 8 iyun kuni  Prezidentimiz qaroriga binoan Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufida tashkil etilgan. Biz universitetimizda rivojlangan davlatlarning  geologiya sohasi universitetlari talabi darajasida, zamonaviy taʼlim standartlariga mos fan dasturlari asosida tahsil olamiz.

Oliy o‘quv yurtimizda eng tajribali professor-o‘qituvchilar, fan doktorlari biz yoshlarga  taʼlim berishadi. Eng  quvonarlisi, universitetimiz oz fursatlarda Lomonosov nomidagi Moskva universiteti va Ural davlat konchilik  universitetlari bilan 2+2 formati dasturlar shartnomasini imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Eng katta imkoniyatlardan yana biri, universitetimiz bitiruvchilari Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tarkibidagi ilmiy tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalarida ish bilan taʼminlanishi ko‘zda tutilgan. Bu esa yoshlarni o‘z sohalari bo‘yicha ishlash imkoniyatini yana-da oshiradi. Universitetimizda talabalarni bo‘sh vaqtlaridan mazmunli foydalanish maqsadida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, qiziqarli tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda. Biz– Geologiya fanlari universiteti iqtidorli talabalari o‘z ijodiy ishlarimiz bilan qatnashib, faxrli o‘rinlarni olmoqdamiz.

           Uchinchi renessans islohotlarida Geologiya sohasining ham sezilarli o‘rni mavjud. 2020 yilda Prezidentimizning Oliy majlisga murojaatnomasida Geologiya fanlari universiteti haqidagi fikrlari buning yaqqol isbotidir. Men bu universitet talabasi ekanligimdan juda faxrlanaman va bundan mamnunman. Universitetim mening faxrim hisoblanadi.

O‘zbekistonda  geologiya sohasi rivojlanishiga albatta olgan bilimlarimga tayanib  o‘z hissamni qo‘shaman, degan umiddaman.

Diyora Ziyavitdinova

 "Gidrogeologiya va muhandislik

geologiyasi" yo‘nalishi  2-kurs talabasi

Tavsiya etamiz

23.09.2022 / 13:09
ТТЖ кенгаши раиси ва аъзолари ҳамда қават сардорлари иштирокида давра суҳбати.

Геология фандари университетида 2022 йил 23 сентябрь куни Талабалар турар жойининг ташаббускор ёшларидан ташкил топган ТТЖ кенгаши раиси ва аъзолари ҳамда қават сардорлари иштирокида давра суҳбати ташкил этилди.

16.12.2021 / 18:12
Muzeylar yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi

"Maʼlumki, Prezidentimizning muzeylar faoliyatini takomillashtirishga doir bir qator qaror va farmonlari bugungi kunda yurtimizdagi madaniy meros obyektlari faoliyatini yana-da takomillashtirishga huquqiy asos bo‘lmoqda."

10.03.2023 / 10:03
Olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari to'g'risida

 

Geologiya fanlari universiteti "GIDROINGEO instituti" DM "Meliorativ gidrogeologiya va yer osti suvlari menejmenti” laboratoriyasi mutaxassislari 465-sonli "O'zbekiston Respublikasi raqamli gidrogeologik xaritasini yaratish" loyihasi doirasida 1:200 000 miqyosdagi raqamli gidrogeologik yer osti suvlari xaritalarini yaratish hamda Respublika bo'yicha tayanch gidrogeologik ma'lumotlar bazasini tuzish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

29.12.2022 / 17:12
Mahalla hamkorlik

Bolajonlar uchun yangi yil sovg‘alari tarqatildi

//