Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yerni masofadan zondlash va muxandislik geologiyasi kafedrasi

Yerni masofadan zondlash va muxandislik geologiyasi kafedrasi

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

Yerni masofadan zondlash va muxandislik geologiyasi kafedrasi

 

sdsd

Kafedra mudiri 

Asadov Akmal Ruzimurodovich

Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi

Qabul vaqti: Dushanba-Payshanba(14:00 dan 16:00 gacha)

Telefon: 

Email: a.asadov@uzgeouniver.uz

 

«Yerni masofadan zondlash va muxandislik geologiyasi» kafedrasi Geologiya fanlari universiteti Neft va gaz konlari geologiyasi  fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Kafedrada «Neft va gaz konlari geologiyasi», «Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi», «Geologiya-qidiruv ishlari iqtisodiyoti» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar va «GAT texnologiyalari va Yerni masofadan zondlash usullari», «Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi»  mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari geodeziya va topografiya asoslari, geologiyada masofaviy zondlash, geologiyada GAT, masofaviy zondlash ma’lumotlarini qayta ishlash, xaritalashda kompyuter texnologiyalar, GAT loyihalari, GATda ma’lumotlar tahlili, muxandislik geologik izlanishlar, gidrogekimyo, Yer osti suvlari dinamikasi, muhandislik geologiyasida geofizik usullar, suv ta’minoti va muhandislik melioratsiyasi, metrologiya va standartlashtirish kabi fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar.

Kafedrada «Geologiya-qidiruv ishlarida GAT texnologiyalari va Yerni masofadan zondlash usullari» va «Gidrogeologik va muhandislik geologik izlanishlarning zamonaviy usullari» yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi. Ushbu yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining ilmiy-tadqiqot institutlari va korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda olib boriladi.

Kafedra a’zolari:

Professor Sultonov P.S.,

Dotsentlar:

  • Ochilov Sh.A.
  • Juraev M.R.
  • Goyipov A.B.
  • Abduazimxodjaev A.N.
  • Masharipov Sh.M.
  • Kutumova G.S.

//