Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Foydali qazilma konlarini izlash va qidirish kafedrasi

Foydali qazilma konlarini izlash va qidirish kafedrasi

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

Foydali qazilma konlarini izlash va qidirish kafedrasi

 

sdsd

Kafedra mudiri 

Karabaev Mamatxan Sadirovich

Geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor

Qabul vaqti: Dushanba-juma (14:00 dan 16:00 gacha)

Telefon: 

Email: karabayev@mail.ru

 

Kafedra Geologiya fanlari universitetining o‘quv uslubiy bo‘linmasi bo‘lib o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini, talabalar bilan o‘quv va darsdan tashqari ishlarni olib boradi, shuningdek foydali qazilma konlarini izlash va qidirish asoslari bo‘yicha yuqori malakali mutaxasislar va ilmiy kadrlar tayyorlaydi.

Kafedraning o‘quv-uslubiy faoliyatiKafedrada o‘qitiladigan fanlar:

  • Umumiy geologiya
  • Foydali qazilma konlarini izlashning zamonaviy usullari
  • Mineral, tog‘ jinsi va madanlarni taxlil qilishning laboratoriya usullari
  • Ma’danlarni boyitish asoslari
  • Genetik mineralogiya
  • Noruda konlarni bashoratlash va izlash usullari
  • Geotektonika va geodinamika
  • Petrologiya
  • Texnologik mineralogiya
  • O‘zbekiston mineral xom ashyosini o‘zlashtirish asoslari
  • Foydali qazilma konlarini izlashning geokimyoviy usullari
  • Geologiya-qidiruv bosqichlarida geologik-iqtisodiy baholash
  • Optik petrografiya va mineralogiya
  • Ekologik geokimyo 
  • Izotoplar geokimyosi
  • Gemmologiya
  • Geologik-qidiruv ma’lumotlarini taxlil usullari   
  • Amaliy mineralogiya
  • Ma’dan tanalari va konlarining geologik-strukturaviy modellari     
  • Mineral xom-ashyo resurslar iqtisodiyoti
  • Foydali qazilmalar tasnifi va o‘zlashtirish texnologiyasi
  • O‘zbekistonning noma’dan konlari                       

Kafedra talabalarga dala o‘quv bazasida umumiy geologiya va geologik xaritalash bo‘yicha amaliy mashg‘ulaotlar olib boradi. Amaliyot shakli – bu geologik marshrutlar bo‘lib, o‘quv dasturlariga asoslanib, minerallarning geologik shakllanishi va jarayonlari, konlari va ma’dan ko‘rinishlarini o‘rganadi. Talabalar dala geologik ishlarining asoslari bilan, kesimlarni, geologik xaritalarni tayyorlash bilan, laboratoriya sharoitida keyingi tadqiqotlar uchun tog‘ jinslari va ma’danlar namunalarini tanlab olish  bilan tanishish imkoniyatiga ega. Marshrutlar petrografik, mineralogik, paleontologik kolleksiyalarni yig‘ish imkoniyatini beradi. Ekskursiyalar davomida talabalar dala hayoti va geologik tadqiqotlarni tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

 

Kafedra quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalarni o‘qitadi.   

       Bakalavriat:

 6000001 - Geologik tasvirlash, foydali qazilma konlarini izlash va qidirish;

5313300-Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi

6000003-Foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning geofizik usullari;

        Mutaxasislik:

-5A000003Geokimyo, mineralogiya va petrologiya

-5A000004Ruda va noruda foydali qazilma konlarni izlash va qidirish

Kafedra a’zolari:

G.m.f.doktorlari:

G.m.f. falsafa doktorlari:

  • N.Xakberdiev

  • G.Xabibullaeva

  • S.Saidov va boshqalar.

 

//