Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

 TА’LIM SIFАTINI NАZORАT QILISH BOʼLIMI

 TА’LIM SIFАTINI NАZORАT QILISH BOʼLIMI

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

 TА’LIM SIFАTINI NАZORАT QILISH BOʼLIMI

 LIM SIFАTINI NАZORАT QILISH BOʼLIMI

Faoliyati turlari

          Geologiya fanlari universiteti Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi Oʼzbekiston Respublikasi 2020 yil 23 sentyabrdagi "Taʼlim toʼgʼrisida" gi     OʼRQ-637-sonli qonuniga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PQ-2909-sonli qaroriga hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 18 iyuldagi "Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to’gʼrisidagi” 515-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

          Boʼlimning asosiy maqsadi - taʼlim sifatini oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish, universitetning milliy va xalqaro reytingini oshirish, universitet va uning tuzilmalarida taʼlim sifatini oshirish boʼyicha ishlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish.

          Taʼlim sifatini nazorat qilish universitetni boshqarish tizimining ajralmas qismidir. Boʼlimning asosiy vazifasi - taʼlim sifatining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlash va uzluksiz taʼlim tizimida taʼlim sifatini nazorat qilish boʼyicha tashkiliy ishlarni olib borishdir.

          Boʼlimning missiyasi Geologiya fanlari universiteti bitiruvchilarining yuqori malakasi va kasbiy mahoratiga erishish. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 8 iyundagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʼmitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PQ-4740-sonli qaroriga asosan Geologiya fanlari universitetini tashkil etishning asosiy maqsadlaridan biri geologiya sohasining ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish va boshqa vazifalari bilan uzviy bogʼliq holda xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq oliy maʼlumotga ega yuqori malakali va zamonaviy fikrlaydigan kadrlarni tayyorlashdir.

 

   

 

Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi boshlig'i

Qodirov Olimjon Zohirzoda

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (09: 00-17:00)

Telefon: 71-2090395

 Email: olimjonqodirov05@gmail.com  

 

 

Yetakchi mutaxassis

Qo`chqarov Jasurbek O`ktamboy o`g`li

Qabul kunlari:

chorshanba, juma 14:00-17:00

Tel.: (+99893) 362 71 61

E-mail: qochqarovjasurbek92@gmail.com

 

 

//