Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT -

GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETINING DAVRA SUHBATI

 

         Ekstremizm - bu dunyo hamjamiyati uchun dahshatli so‘z va tushuncha bo‘lib, harakatlarning o‘ta shakllarini ifodalaydi, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga, davlatimizning konstitutsiyaviy tuzumini majburan o‘zgartirishga, hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga va uning vakolatlarini o‘zlashtirishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan. Ekstremistik faoliyat ushbu harakatlarni rejalashtirish, tashkil qilish, tayyorlash yoki amalga oshirishda ham, ularni amalga oshirishga qaratilgan ommaviy da’vatlarda ham ifodalanishi mumkin. Ayniqsa, ekstremizm hodisalari juda halokatli shaklga kirganda, agar unga yoshlar jalb qilinsa.

          O‘zbekiston Respublikasi ekstremizm, separatizm va terrorizmning har qanday namoyon bo‘lishiga qarshi faol kurashchi bo‘lib, uning faoliyati BMT ustavining maqsadlari va tamoyillarini, birinchi navbatda, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni va hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq. 2001 yilda terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurash bo‘yicha Shanxay konvensiyasi asosidagi "Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, mamlakat Prezidentining Farmonlari va Qarorlari ekstremizmning mamlakat fuqarolariga, avvalambor, yosh avlodga ta’siriga qarshi kurashishga qaratilgan.

            Yoshlar o‘rtasida ekstremistik g‘oyalar paydo bo‘lishining oldini olish, ular ma’naviyati va ma’rifatining barqaror rivojlanishini ta’minlash, ularning vaqtlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta eng muhim tashabbuslari talabi asosida tashkil qilishni amalga  oshirish kerak.

Geologiya fanlari universiteti ta’lim muassasasi bo‘lib,  nafaqat ilmiy, balki ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan ham shug‘ullanadi, talabalarining bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi,  fanga oid  to‘garaklar, sport musobaqalari, turli tadbirlar tashkil etiladi.

Xullas, 16 aprel kuni Universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida "Jaxolatga qarshi ma’rifat” mavzusida  Davra suhbati o‘tkazildi.  Mavzu doirasida Internet, pochta, tezkor xabar tarqatish va boshqa ta’sir o‘tkazish usullari orqali ekstremizmning har qanday namoyon bo‘lishi va buzg‘unchi kuchlarning provokatsion harakatlarining zararli ta’siri masalalari batafsil ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda, shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini qay tarzda  o‘tkazish, qo‘shimcha o‘quv to‘garaklari, seksiyalar va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha takliflari tinglandi.

Uchrashuv nihoyatda qiziqarli va erkin muhitda bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng talabalar va o‘qituvchilar ushbu tashkillashtirilgan davra suhbati uchun o‘z minnatdorchiliklarini  bildirdilar.

//