Test rejimi                 Тестовый режим                 Test mode Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Banner
1 USD = 10650.06
0
1 EUR = 12497.85
0
1 RUB = 146.08
0

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

Axborot texnologiyalari markazi boshlig’i

 

Rashidov Abduxakim Abdurashidovich

 Qabul vaqti: Seshanba – Juma (14:00-16:00)

 Telefon: (97) 722 90 99

 Email: abduxakim.rashidov@gmail.com

Markaz faoliyati haqida ma’lumot

        Markaz o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.

        Ko‘rsatiladigan xizmat va ish turlari bo‘yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi.

        Markaz xo‘jalik subektlari va fizik shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va GFU Nizomida ko‘rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin.

        Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, fizik va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyati barcha sohalar bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlar yordamida o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonuniga va GFU Nizomiga zid bo‘lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo‘jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.

Markaz quyidagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:

  • Axborot marketingni tashkil etish
  • Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy qilish
  • Axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim va fani sohalariga tadbiq qilish
  • Masofaviy ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish
  • Horijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot aloqalarni ta’minlash
  • Internet tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, aniq mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish va ular joylashgan adreslarni taklif etish
  • Hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash
  • Axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash
  • Ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash bo‘yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy qilish
  • Ilmiy-tadqiqot, izlanish, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish
  • Seminarlar, konferensiyalar, tadqiqotlar, ko‘rgazma, yarmarkalarni tashkil qilish va o‘tkazish

Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni yechish uchun, GFU intellektual va axborot resurslarini muvofiqlashtirish
  • O‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish
  • O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash
  • Talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika hamda axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish