Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Umumiy geologiya kafedrasi

Umumiy geologiya kafedrasi

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

Umumiy geologiya kafedrasi

“Umumiy geologiya” kafedrasi

2022 yilda tashkil qilingan bo’lib, Geologiya fanlari universiteti Foydali qazilma konlari geologiyasi fakultetininng tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

Kafedrada “Geologik tasvirlash, foydali qazilma konlarini izlash va qidirish”, “Geologiya qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi”, “Foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning geofizik usullari”, “Geologiya (faoliyat turlari bo’yicha)” yo’nalishlarida bakalavrlar,“Geokimyo, mineralogiya va petrologiya” mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlanadi.

Kafedrada yuqorida keltirilgan yo’nalishlar bo’yicha o’ttizga yaqin fanlardan fan dasturlari va sillabuslar tayyorlangan bo’lib, ular asosida o’quv jarayonlari tashkil qilinadi.

Kafedraning professor – o’qituvchilari tarkibiga turdosh oliy o’quv yurtlaridan, geologiya tarmoqlarida faoliyat yuritadigan ilmiy darajali yetakchi mutaxassislar jalb qilingan. Ular o’quv jarayonlari bilan bir vaqtda, geologiyaning turli yo’nalishlarida ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borishadi.     

Kafedra tayyorlaydigan bakalavr taʼlim yonalishi va magistratura mutaxassisliklar:

Bakalavriat:

- 60722100 – “Geologik tasvirlash, foydali qazilma konlarini izlash va qidirish”;

- 60722200 – “Foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning geofizik usullari”;

- 60722300 – “Geologiya qidiruv ishlarining texnikasi va texnologiyasi”

- 60721600 – “Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” (kon turlari bo’yicha)

- 60530500 – “Geologiya (faoliyat sohasi bo’yicha)”

Magistratura:

70530512 - Geokimyo, mineralogiya va petrologiya

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavr taʼlim yonalishlarida oqitiladigan fanlar:

  1. Umumiy geologiya
  2. Mineralogiya va kristallografiya
  3. Tarixiy geologiya
  4. Paleontologiya va stratigrafiya
  5. Petrografiya
  6. Geologik xaritalash
  7. Geotektonika
  8. Mintaqaviy geologiya
  9. Umumiy geokimyo
  10. Geomorfologiya va    to‘rtlamchi davr geologiyasi
  11. Mineral xom ashyoni o‘rganishda laboratoriya usullari GATda ma’lumotlar taxlili

Magistratura mutaxassisliklarida o‘qitiladigan fanlar:

  1. Genetik mineralogiya
  2. Texnologik mineralogiya
  3. Mineral, tog‘ jinsi va ma’danlarni tadqiq qilishning laboratoriya usullari
  4. Foydali qazilma konlarini izlashning zamonaviy muommolari
  5. O‘zbekiston mineral xomashyo bazasini o‘zlashtirish asoslari
  6. Petralogiya
  7. Geotektonika va geodinamika
  8. Optik petrografiya va mineralogiya
  9. Gemmologiya 
  10. Geologik qidiruv ma’lumotlarini tahlil usullari

Kafedra professor o‘qituvchilari

   

Kafedra mudiri: Moyliyev Ma’rufjon Shodmonovich

Ilmiy unvoni, ilmiy darajasi: Geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Qabul vaqti: Dushanba- Juma (15:00-18:00)

Email: elshodmonov@mail.ru 

 

 

 

Kafedra professor - o‘qituvchilari tarkibi:

Rasm

F.I.SH

Ilmiy darajasi

E-mail

1

Karabaev Mamatxon Sadirovich

g-m.f.d.

 karabayev@mail.ru 

2

Mamaroziqov Usmonjon Dovronovich

g-m.f.d.

udmamaroziqov@rambler.ru

3

Qurbonov Abdihakim Abdivakil o’g’li

g-m.f.f.d.

PhD

Abdihakim24@mail.ru

Amirov Elmurod Mansuriddin o’g’li

PhD

amirov.7992@gmail.com 

5

Sayitov Sardor Savriddinovich

PhD

sardorsayitov@gmail.com

 

 

//