Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Talabalar turar joyi

Talabalar turar joyi

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

Talabalar turar joyi

GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI TALABALAR TURAR JOYI

Geologiya fanlari universitetining talabalar turar joyi haqidagi umumiy ma’lumotlar

1)    TTJ.da talabalarning joylashtirilganlik holati:

        Geologiya fanlari universitetiga  qarashli 400 nafar talabaga mo‘ljallangan Talabalar turar joyi mavjud bo‘lib hozirgi kunda 376 nafar talaba istiqomat qilmoqda. Shundan 38 nafari qizlar, 338 nafari o‘g‘il bolalar. Talabalar turar joyida talaba yoshlar uchun yaratilib berilgan shart-sharoitlarni asrab avaylash va undan oqilona foydalanishlari uchun o‘z-o‘zini boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan TTJ talabalar kengashi, Qizlar klubi va qavat sardorlari bilan hamkorlikda uyushgan holatda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

2)TTJda yashayotgan talabalar bilan ishlashning samarali tashkil etilganligi:

      Talabalar uchun xar kuni dars mashg‘ulotlaridan so‘ng ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun TTJning o‘zida ma’naviy ma’rifiy tadbirlar doimiy o‘tkazilmoqda va sportning shaxmat-shashka va stol tennisi bo‘yicha sport to‘garagi ish olib bormoqda.

      Talabalar turar joyi 7 kavatdan iborat bo‘lib,  119 ta xonani o‘z ichiga oladi. Har bir qavatda talabalar uchun 3 donadan kir yuvish mashinasi (jami 21 dona), muzlatkich (jami 21 dona) mavjud bo‘lib barchasi soz holda ishlatib kelinmoqda. Bundan tashqari har bir qavat oshxonasida 4 tadan elektr plitasi mavjud. Talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida har bir xonada dush, hojatxona va qo‘l yuvish joylari ajratilgan. Talabalar turar joyida har bir xona uchun alohida isitish tizmi mavjud bo‘lib undan talabalar oqilona foydalanib kelishmoqda.  Xozirgi kunda talabalar turar joyida 370 nafar talabalar shartnoma asosida istiqomat qilib kelmoqda.

2)     Isitilishi, xavfsizlik choralarining ko‘rilganligi:

 Talabalar turar joyida  talabalarga yuqori darajadagi shart-sharoitlar yaratib berilgan.

TTJda 119 ta isitish va sovitish  tizimi mavjud, xar etaj kesimida 4 donadan jami 32 dona  o‘t uchirish vositasi mavjud. TTJda jami 59 dona video kuzatuv moslamalari mavjud bo‘lib xar bir qavatda 5 donadan o‘rnatilgan.

Bundan tashqari jami 4 nafar qorovul va 3 nafar tarbiyachi uslubchi, 1 nafar hamshira, 1 nafar psixolog 1 nafar profilaktika inspektori biriktirilib  talabalarning yashashi va xavfsizligi uchun xizmat qilmoqda.

 

Geologiya fanlari universiteti talabalar turar joyi umumiy ko‘rinishi

 

Talabalar turar joylariga kirish

Ma’naviyat xonasi

Talabalar turar joyida sanuzel, yuvinish xonasidan iborat 6, 4, 3 o‘rinli xonalar bo‘lib 440 nafar sig‘imga ega.

Tibbiyot xonasi

Oyoq kiyim yechish xonasi

Sport-sog‘lomlashtirish xonasi

 

 

Geologiya fanlari universiteti (GFU)   Talabalar turar joyiga online ariza to'ldirish.

 

//