Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Odinayeva Shaxnoza Rag‘batovna

Odinayeva Shaxnoza Rag‘batovna

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

Odinayeva Shaxnoza Rag‘batovna

Faoliyat turlari

-Qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

- Rahbariyatga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish;

- Mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’ minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshirish va huquqiy xulosa berish;

- Rahbariyatga universitet faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etish;

- Xodimlarning kasaba uyushmasi va boshqa vakillik organilariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatish;

- Xodimlarning huquqiy bilimlarini  oshirish tadbirlarini tashkil etish;

- Geologiya fanlari universiteti faoliyatiga tegishli qonunchilikni amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshirish;

- Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘rish;

- Boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkiloti tomonidan shartnomalarni tayorlash va tuzish ishlarida ishtirok etish , ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshirish hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yish;

- Shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish;

- Geologiya fanlari universiteti tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritish, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;

- Geologiya fanlari universitetining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;

- Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib borish;

-  Geeologiya fanlari universitetining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etish;

- Mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshirish va ularni tayyorlashda ishtirok etish;

- Boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda Geologiya fanlari universitetida mulkning talon-taaroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish harajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qilish hamda kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtirish;

- Moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobidan chiqarish to‘g’risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar berish.

 

Bosh huquqiy maslahatchi:

Odinayeva Shaxnoza Rag‘batovna

Qabul kunlari: Dushanba, juma soat 14:00-17:00

e-mail:

tel: 71-2090276

 

 

 

 
 

//