Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI

«IQTIDORLI TALABALARNING

ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH» BO‘LIMI

Faoliyat turlari

         - Ilmiy faoliyatga qiziqqan mustaqil fikrga ega, qobiliyatli, iqtidorli talabalarni dastlabki kurslardanoq tanlab olish va ularni salohiyatli professor-o‘qtuvchilarga biriktirish;

- Iqtidorli talabalarni universitetda bajariladigan ilmiy tadqiqot loyihalariga keng jalb qilish;

- Tegishli fan sohalari bo‘yicha talabalarning bilimini oshirish;

- Universitet iqtidorli talabalarining ijodiy qobiliyati va ijod erkinligini oshirish, shuningdek ularda o‘quv jarayoni va kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini shakllantirish va rivojlantirish;

- Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yo‘li bilan o‘z mutaxassisligiga bo‘lgan ijodiy yondashuvini shakllantirish, bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashish;

- Iqtidorli talabalarga o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishlari va rivojlantirishlari uchun ilmiy muhit va sharoit yaratish, bu ishga ilmiy maktablar va olimlar, professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash.

 

Boshqaruv vazifalari

 - Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishning turli usullari, yo‘nalishlari va ko‘nikmalarining o‘zlashtirishiga erishish;

- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida ishtirok etishi orqali o‘quv materiallarini chuqurroq o‘zlashtirishiga ko‘maklashish va ularning ushbu jarayonga ijodiy yondashuvini kuchaytirish;

- H.M. Abdullayev va I.X. Xamrabayev nomidagi stipendiyalari tanlovini o‘tkazish;

- Bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va davlat stipendiyalari tanloviga muvaffaqiyatli qatnashishida uslubiy ko‘maklashish;

- Ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy faoliyat olib borayotgan malakali professor va doktorlar tomonidan talabalar uchun  master-klass darslarini tashkil etish va monitoring qilish.

- “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovini o’tkazish;

- Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtidlorli talabalar va yosh ilmiy xodimlarning korxonalarda davlat dasturi va grant loyihalarida muntazam ishtirok etishini nazorat qilish;

- Iqtidorli talabalar faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratish va doimiy ravishda yangilab boorish;

- Kafedralar, fakultetlarda iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni tashkil qilish, nazorat qilish va boshqarish.

Kafedra professor o‘qituvchilari

    

Boʼlim boshligʼi: Alimov Dilshod Shirinqulovich

Qabul kunlari: Dushanba, juma 9:00-17:00

Теl.:  +99871-2090780

e-mail: d.alimov1989@gmail.com 

 

 

    

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi yetakchi muhandisi: Bekmuxamedova Munisa Xamitovna.

 

 

 

 

 

//