Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

GFU universitetida “Ma’rifat ulashib” madaniy-ma’rifiy tadbiri

24.04.2024 / 20:04
106

Bugun Geologiya fanlari universitetida (GFU) “Ma’rifat ulashib” nomli muhim madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir universitet talabalari va o‘qituvchilarini adabiyot va she’riyat sohasida bilim va tajriba almashish maqsadida birlashtirdi.

Tadbirda taniqli shoirlar Nuriddin Aminjonov va Chorsham Ro‘zievlar o‘z ijod namunalari bilan ulashib, yig‘ilganlar bilan ochiq muloqotda bo‘lishdi. Tarjimalari va muharrirligi bilan keng tanilgan Nuriddin Aminjonov zamonaviy dunyoda adabiyotning ahamiyati haqidagi hikoyalari bilan yoshlarni ilhomlantirdi. Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Do‘stlik” o‘rdeni sohibi,  Chorsham Ro‘ziev lirikasiga ona yurtga bo‘lgan sog‘inch, muhabbat tuyg‘ulari singib ketgan shoir bo’lgani sababli ushbu g’oyalar uning bugungi nutqida o‘z ifodasini topdi.

“Ma’rifat ulashib” shunchaki tadbir emas, balki ilm va hikmatni targ‘ib qilishga da’vatdir. GFU talabalari va o‘qituvchilari muhokamalarda faol ishtirok etib, savollar berib va taqdim etilgan mavzular bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga hissa qo‘shishi, madaniyat va ta’lim bir-biriga uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi. Shuningdek, milliy adabiyot va she’riyatni O‘zbekiston madaniy merosining ajralmas qismi sifatida asrab-avaylash va rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Мы рекомендуем

02.12.2022 / 12:12
“Yashil makon” – tabiatga g‘amxo‘rlik

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har yilgi an’anaga aylangan ushbu loyiha yurtimiz ko‘chalarini yanada obod qilish, transport, turli ishlab chiqarish korxonalaridan ajraladigan zaharli moddalarning tabiatga tarqalishini oldini olish, bir so‘z bilan aytgan tabiatni asrash, inson salomatligini yaxshilashga qaratilgan.

15.09.2022 / 17:09
УНИВЕРСИТЕТ ГЕОЛОГИЧЕСКИХ НАУК ПРОДОЛЖАЕТ СОТРУДНИЧЕСТВО С УЗБЕКИСТАНО-ЯПОНСКИМ МОЛОДЕЖНЫМ ИННОВАЦИОННЫМ ЦЕНТРОМ И ЯПОНСКИМ УНИВЕРСИТЕТОМ АКИТА

 

УНИВЕРСИТЕТ ГЕОЛОГИЧЕСКИХ НАУК ПРОДОЛЖАЕТ СОТРУДНИЧЕСТВО С УЗБЕКИСТАНО-ЯПОНСКИМ МОЛОДЕЖНЫМ ИННОВАЦИОННЫМ ЦЕНТРОМ И ЯПОНСКИМ УНИВЕРСИТЕТОМ АКИТА

17.11.2022 / 17:11
"Jaholatga qarshi maʼrifat"

2022 yil 15 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida Vazirlar Mahkamasi Din ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari I. Mag‘rupov  "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida Geologiya fanlari universiteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi qildi. 

26.10.2022 / 10:10
Diqqat E’lon!

 

Hurmatli universitetimiz talabalari

//