Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

“Yashil makon” – tabiatga g‘amxo‘rlik

02.12.2022 / 12:12
2011

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har yilgi an’anaga aylangan ushbu loyiha yurtimiz ko‘chalarini yanada obod qilish, transport, turli ishlab chiqarish korxonalaridan ajraladigan zaharli moddalarning tabiatga tarqalishini oldini olish, bir so‘z bilan aytgan tabiatni asrash, inson salomatligini yaxshilashga qaratilgan.

Ma’lumki, shu kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikamizning barcha hududlari tashkilot va idoralari, mahalliy aholi tomonidan o‘zlariga tegishli yer maydonlarida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har yilgi an’anaga aylangan ushbu loyiha yurtimiz ko‘chalarini yanada obod qilish, transport, turli ishlab chiqarish korxonalaridan ajraladigan zaharli moddalarning tabiatga tarqalishini oldini olish, bir so‘z bilan aytgan tabiatni asrash, inson salomatligini yaxshilashga qaratilgan.

Geologiya fanlari universiteti rektori tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga ko‘ra universitet hamda ilmiy tadqiqot institutlari mehnat jamoasidan maxsus ishchi guruh tuzilib, Mirzo Ulug‘bek tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda kuzgi mavsum uchun ikki yuzdan ortiq manzarali va mevali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 23-24 noyabr kunlari  universitet mehnat jamoasi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi tomonidan universitet uchun ajratgan tumanning kichik sanoat zonasi yon-atroflari hamda Respublika bolalar suyak sili sihatgohi hududiga umumiy ikki yuzdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi.


Ushbu o‘tqazilgan ko‘chatlar shu kunning o‘zida Mirzo Ulug‘bek tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” elektron platformasiga  kiritilib, ko‘chatlar parvarishi uchun mas’ullarga biriktirildi.
Albatta, bu kabi hashar, savobli ishlar inson ruhiyatini ko‘taradi, jamoada yanada birdamlikni, sog‘lom muhitni shakllantiradi.
Biz bugun yaxshi niyat bilan qadagan ushbu nihollar kelajakda quloch yetmas daraxtlar bo‘lishiga umid qilamiz va bunga ishonamiz!

Мы рекомендуем

31.08.2022 / 17:08

 

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”

Bugun Geologiya fanlari universitetida universitet hamda ilmiy tadqiqot institutlar jamoasi, professor-o‘qituvchilar, xodimlar ishtirokida 

04.11.2023 / 11:11
19.01.2023 / 10:01
"KAYFIYАT" trening mashg‘ulotlari

“Psixologlarning asosiy vazifasi insonlarga ruhiy ko‘mak berishdan iboratdir”

//