Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

“Yashash uchun 1000 sabab!”

22.11.2022 / 15:11
3928

Bayram munosabati bilan universitet psixologi M. Tashmetova tashabbusi bilan “Yashash uchun 1000 sabab!” aksiyasi tashkil etildi. Unda ramziy ma’nodagi “Hayot daraxti”ga talabalar, professor-o‘qituvchilar, universitet xodimlari o‘z maqsadlari, hayotning mazmuni deb bilgan fikrlarini belgilab qo‘ydilar.

Psixologiya shaxs ruhiyatidagi bo‘shliqni aniqlab, uni to‘ldirishga xizmat qiladi. Jamiyat rivoji uchun psixologiyaning ahamiyati shu qadar kattaki, psixologiya faqat muammolarni o‘rganibgina qolmasdan, shaxsni o‘z qobiliyatiga ishontirish, olg‘a undash (motivatsiya)ga xizmat qiladi.

Inson, hayot atalmish dengiz to‘lqinlariga bardosh berishi, kelajak uchun munosib o‘rnak bo‘larli darajada iz qoldirishi uchun avvalo o‘zini anglashi, tafakkur qilishi, hayotni o‘rganishi, to‘g‘ri xulosa chiqarishi – yashash qonuniyatlaridan sanaladi.

Bugungi kunda psixologiya sohasi maktabgacha ta’lim, maktab, oliy ta’lim muassasalaridan tortib ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalarigacha kirib, o‘z samarasini bermoqda.

Joriy yilning 22 noyabr kuni xalqaro Psixologlar kuni  Geologiya fanlari universitetida ham ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Bayram munosabati bilan universitet psixologi M. Tashmetova tashabbusi bilan “Yashash uchun 1000 sabab!” aksiyasi tashkil etildi. Unda ramziy ma’nodagi “Hayot daraxti”ga talabalar, professor-o‘qituvchilar, universitet xodimlari o‘z maqsadlari, hayotning mazmuni deb bilgan fikrlarini belgilab qo‘ydilar.

Hayot mazmuni nimada?, degan savol har kuni insonni xayoliga kelmasligi mumkin, lekin bu tadbirda berilgan ushbu savol barchani yuziga tabassum ulashdi, har kim o‘z fikrlarini bildirib, “Hayot daraxti”ga qadadi. Barcha fikrlar jamlanib ramziy ma’nodagi “Hayot daraxti”da haqiqiy ma’noda hayotning mazmuni gavdalandi.  

Ma’lumot uchun, “Psixologlar kuni” 1994 yil 22 noyabrda Moskva psixologlar jamiyati tomonidan tashkil etilgan bo‘lib,  2000 yil 22 noyabrdan boshlab xalqaro miqyosda bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda.

 

Мы рекомендуем

31.12.2022 / 20:12
REKTORNING YANGI YIL TABRIGI

Assalomu alaykum qadrli ustozlar, hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!

28.02.2023 / 13:02
Huquqiy savodxonlik

 

Inson huquqlari nima?

18.03.2023 / 17:03
Umumxalq xayriya hashari

 “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki

03.11.2022 / 10:11
"Повышение эффективности освоения природных ресурсов для увеличения национального благосостояния в Республике Узбекистан"

 

2 ноября текущего года была организована конференция на тему «Усиление использования природных ресурсов для национального благосостояния в Узбекистане».

//