Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

Huquqiy savodxonlik

28.02.2023 / 13:02
1789

 

Inson huquqlari nima?

Inson huquqlari – har bir shaxsning millati, yashash joyi, jinsi, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, dini, tili va boshqa belgilaridan qat’iy nazar qadr-qimmati va erkinligini himoya qilishni ta’minlaydigan qoidalardir.

Inson huquqini himoya qilish, shaxsning jamiyatda qadr-qimmati va erkinligini ta’minlash, avvalo u istiqomat qilayotgan davlatning qonunlari hamda xalqaro huquq normali bilan mustahkamlangan bo‘lmog‘i zarur.

Shuni mamnuniyat bilan aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida barcha teng huquq va majburiyatga ega. Mamlakatimizda insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash O‘zbekistondagi islohotlarning o‘zagi hisoblanadi.

Bu borada sud-huquq tizimlari, Inson huquqlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (OMBUDSMAN) kabi qator tashkilot va idoralar faoliyat ko‘rsatmoqdaki, asosiy maqsad yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillarining tinchlik va farovonligini ta’minlashga qaratilgan.

Joriy yilning 28 fevral kuni Geologiya fanlari universiteti Bosh huquqshunosi Sh. Odinaeva tomonidan navbatdagi huquqiy savodxonlik darsi bo‘lib o‘tdi.

Unda  talabalarning huquq va majburiyatlari, Bola huquqlari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javob oldilar.

Мы рекомендуем

21.10.2022 / 16:10
TIL MILLATNING KO‘ZGUSI, UNING G‘URURIDIR!

 

 O‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir”

                                                               Shavkat Mirziyoev

30.09.2022 / 22:09
Korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi tubdan takomillashtirildi

 

Qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi tubdan takomillashtirildi

//