Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

Sport – sog‘lik-salomatlik, kuch-qudrat manbai

09.11.2023 / 18:11
804

 

Respublikamizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni keng targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallalar, ko‘p qavatli uylar atrofida “Salomatlik yo‘laklari”, sport maydonchalari qurildi, ta’lim muassasalarida sport to‘garaklari ochildi, maktab-internatlar ish boshladi. 

Xususan, Geologiya fanlari universitetida ham muntazam ravishda talabalar o‘rtasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari  bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda muntazam mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad, yosh avlodni har tomonlama bilimli va jismonan baquvvat bo‘lib o‘sishlariga imkoniyat yaratishdan iborat.

Bugun joriy yilning 9 noyabr kuni universitetning Anjumanlar zalida  Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon va Olimpiada, Osiyo o‘yinlari chempionlari Akbar Djuraev, Muhammadqodir Toshtemirov, Rustam Djangabaevlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M. Xaydarov ochib, sportchilarimizga tashrif uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi va kelgusida yurtimiz sharafini himoya qilib, bayrog‘imizni bundanda baland ko‘tarishlariga ishonch bildirdi.

Sportchilarimiz sporning inson hayotidagi o‘rni, dunyo maydonida o‘tayotgan sport musobaqalari, o‘zlarining mashg‘ulot jarayonlari xususida talabalar bilan yaqindan o‘rtoqlashdi.

Talabalarning qiziqtirgan savollarga chempionlar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir so‘ngida sportchilarga munosib ishtiroki uchun tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar berildi.

Мы рекомендуем

26.04.2023 / 12:04
Bugun elimizning sevimli shoiri MUHAMMAD YUSUF tavallud topgan kun

26 aprel xalqimizning sevimli shoiri, ko‘plab ona Vatan, mehr va sadoqat, sevgi, muhabbat haqidagi samimiy she’rlar muallifi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

07.10.2022 / 14:10
Запущен научно-технический журнал «Вестник Университета геологических наук»

 

Научные результаты университета теперь будут опубликованы в новом научно-техническом журнале

21.08.2023 / 18:08
16.01.2023 / 15:01
//